”Tottenhem” Eriksenni rekord mablag' evaziga qo'yib yubormoqchi
17 mar 2019 20:46
Yangiliklar


”Tottenhem” Eriksenni rekord mablag' evaziga qo'yib yubormoqchi
”Tottenhem” yarimhimoyachisi Kristian Eriksen yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubni tark etishi mumkin, deya xabar beradi Daily Star.
London klubi Eriksenni futbol tarixidagi eng katta mablag' evaziga sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Malumotlarga ko'ra, rahbariyat uni 235 mln. evro baholagan. Hozirda, daniyalik xavbekka Madridning “Real” klubi katta qiziqish bildirmoqda.
27 yoshli futbolchi joriy mavsum “shporlar” libosida 38ta bahsda qatnashib, 7ta gol urgan va 12ta golga hammualliflik qilgan.
Malumot o'rnida, futbol tarixidagi eng qimmat transfer narxi braziliyalik Neymarga tegishli bo'lib, u “Barselona”dan PSJga 222 mln evroga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar