"Tottenxem" Eriksen borasida "Real"ga shart qo'ydi
08 jan 2019 21:45
Yangiliklar
"Tottenxem" Eriksen borasida "Real"ga shart qo'ydi
"SHporlar" Kristian Eriksenni qo'yib yuborishga rozi.
Faqat buning uchun "qirollik klubi" 225 million funtdan voz kechishlariga to'g'ri keladi. Bu salkam 250 million evroni tashkil qiladi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, Eriksen dunyoning eng qimmat o'yinchisiga aylanadi.
AS nashrining xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" yozda daniyalik futbolchini sotib olish uchun 100 million evro taklif qilishmoqchi. Lekin, bu summa London klubini qoniqtirmaydi.
26 yoshli Eriksen 2013 yilda "Ayaks"dan 13,5 million evro evaziga jamoa safini to'ldirgandi. Joriy mavsumda Kristian APLning 18ta turida 4 marta gol urishga erishdi va 7 bor o'z hisobiga assist yozdirib qo'yishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar