"Tottenxem" daniyalik yulduzni qo'lga kiritmoqchi
09 may 2022 00:49
Yangiliklar
"Tottenxem" daniyalik yulduzni qo'lga kiritmoqchi
“Atalanta”ning o'ng qanot himoyachisi Yoakim Mele “Tottenxem” klubi qiziqish doirasiga tushdi.
24 yoshli futbolchi o'tgan yozda Evropa chempionatidagi ishonchli o'yini bilan etiborni tortdi, ammo "Atalanta"da qoldi. Daily Mail xabariga ko'ra, "Tottenxem" Meleni yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi uchun asosiy maqsad qilib qo'ygan. Hujumkor himoyachi Antonio Kontening London klubidagi o'yin tizimiga mos kelishi aytilmoqda.
Yoakimning "Atalanta" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda daniyalik futbolchi barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar