"Tottenxem" bosh murabbiylik uchun Gattuzoning variantidan qaytdi
18 iyu 2021 16:28
Yangiliklar
"Tottenxem" bosh murabbiylik uchun Gattuzoning variantidan qaytdi
"Tottenxem" rahbariyati bosh murabbiylikka italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzoni tayinlash fikridan qaytishdi.
Manbaning xabariga ko'ra, "shporlar" Gattuzoning "Tottenxem"ga kelishi borasidagi xabardan so'ng muxlislarning noroziliklari sabab ushbu g'oyadan voz kechishdi.
Oldinroq, jurnalist Nikolo Skira tomonlarning 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashga yaqinliklari haqida malumot bergan edi.
Eslatib o'tamiz, kecha Jennaro Gattuzo kelganiga bir oy bo'lmasdan "Fiorentina" bosh murabbiyligidan ketgani malum bo'lgan edi.
Fikrlar