“Tottenxem” bosh murabbiyi: “Muhim o'yinda muxlislarga pand berdik”
09 mar 2014 12:51
Yangiliklar


“Tottenxem” bosh murabbiyi: “Muhim o'yinda muxlislarga pand berdik”
Angliya chempionatining navbatdagi turida “CHelsi”ga boy berilgan o'yindan so'ng “Tottenxem” bosh murabbiyi Tim SHervudning fikrlari quyidagicha bo'ldi:
“Biz yirik hisobda imkoniyatni boy berdik. Futbolda shunchaki taslim bo'lish kerak emas. Ko'p o'yinchilarimizga bu o'yinda xarakter etishmadi. Men uchun bunday mag'lubiyatni unutish oson emas. Balki o'yinchilar uchun bu narsa osondir. Muhim uchrashuvda muxlislarga pand berib qo'yganimizdan xafaman. Endi bor etiborni Evropa Ligasidagi bahsga qaratamiz”.

Fikrlar