"Tottenxem" "Barselona" himoyachisini sotib olmoqchi
10 apr 19:55
Yangiliklar


"Tottenxem" "Barselona" himoyachisini sotib olmoqchi
"Tottenxem" yozda "Barselona" himoyachisi Erik Garsiyani qo'lga kiritishni niyat qilgan.
Londonliklar rasmiy taklif berishganicha yo'q. "Tottenxem"dagilar ispaniyalikning universalligi va to'p bilan yaxshi muomalada bo'lib, hujumlarni boshlay olishini qadrlashadi.
Futbolchiga yaqin insonlar ham Garsiya faoliyatidagi yangi sahifa ochishi mumkinligini rad etishmayapti. Erik "Barselona"da o'zi istaganidek o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Boshqa tomondan kataloniyaliklar rahbariyati ham munosib summa taklif etilgan taqdirda, futbolchi bilan xayrlashishga va shu orqali moliyaviy muammolarini hal qilib olishga qarshi bo'lmaydi.
Avvalroq, "Real Sosedad" ham Garsiyani kuzatayotgani xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar