"Tottenxem" "Atalanta" o'yinchisini xarid qilish huquqi bilan ijaraga oldi
24 iyu 2021 15:09
Yangiliklar
"Tottenxem" "Atalanta" o'yinchisini xarid qilish huquqi bilan ijaraga oldi
"Tottenxem" "Atalanta" darvozaboni Perluiji Gollinining transferini elon qildi.
"SHporlar" 26 yoshli italiyalikni xarid qilish huquqi bilan 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Angliya klubi o'yinchini 15 million evro evaziga xarid qilishi mumkin.
Gollini 2020/21 yilgi mavsum "Atalanta" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 32ta to'p olib chiqdi.
Fikrlar