"Tottenxem" Alderveyreldni 30 mln. evroga sotmoqchi
15 mar 2019 12:49
Yangiliklar


"Tottenxem" Alderveyreldni 30 mln. evroga sotmoqchi
"Tottenxem" rahbariyati jamoa himoyachisi Tobi Alderveyreldni yozda sotib yuborishga qaror qildi.
Poytaxt klubi 30 yoshli belgiyalikni 30 mln. evroga sotmoqchi.
2018 yilning yozida "Manchester Yunayted" Alderveyreldni xarid qilishga uringan edi, ammo narx balandligi tufayli kelishuv amalga oshmadi. "Qizil iblislar" hali ham "shporlar" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Ularga "Yuventus" va "Barselona" raqobatchi bo'lishi mumkin.
Tobining "Tottenxem" bilan shartnomasi 2020 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Futbolchi joriy mavsum APLning 27ta uchrashuvida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar