“Tottenxem” afsonasi Mourinyuning murabbiylar shtabidan joy oldi
06 avg 2020 20:15
Yangiliklar
“Tottenxem” afsonasi Mourinyuning murabbiylar shtabidan joy oldi
Angliyalik sobiq himoyachi Ledli King portugaliyalik mutaxassisga yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
King butun futbolchilik faoliyatini “shporlar” safida o'tkazgan. 1997-1999 yillar klub akademiyasida tahsil olgan bo'lsa, 1999-2012 yillar davomida asosiy jamoa sharafini himoya etgan. 39 yoshli angliyalik butsalarini mixga ilganidan keyin londonliklarning yoshlar jamoalarida murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatdi.
“Ledlini murabbiylar shtabimga qo'shilganidan xursandman, biz yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni davom ettiramiz. Ishqibozlar Kingning “Tottenxem” uchun maydonda va undan tashqarida ham qilgan xizmatlarini qadrlashadi. Oramizda yaxshi munosabatlar yuzaga keldi, uning bilim va tajribasini to'g'ri yo'nalishga yo'naltira olamiz degan umiddaman”, deydi Joze.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar