"Tottenxem" 3 yil deganda ilk marta shunday natija qayd etdi
04 okt 2024 00:48
Yangiliklar


"Tottenxem" 3 yil deganda ilk marta shunday natija qayd etdi
"Tottenxem" Evropa ligasi 2-turida "Ferencvarosh"ni mag'lub qildi, 2:1.
Ange Postekoglu shogirdlari barcha turnirlardagi g'alabali seriyasini 5 o'yinga etkazdi. Bunga qadar jamla APLda "Brentford"ni 3:1, MYUni 3:0 hisobida mag'lub qilgan bo'lsa, Angliya Liga Kubogida "Koventri"ni 3:1 va Evropa ligasida "Qorabog'"ni 3:0 hisobida dog'da qoldirgandi.
"Tottenxem"da so'nggi bora bunday holat 2021 yilda bo'lgan va o'shanda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu edi.
Londonliklarning navbatdagi uchrashuv 6 oktyabr kuni APL doirasida "Brayton" maydonida bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 24
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 5

Fikrlar