So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Toshkentning “Liverpul” jamoasi Yangi yil bayramini nishonladi Yangiliklar

Toshkentning “Liverpul” jamoasi Yangi yil bayramini nishonladi

Bugun, 28 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Buxoro” restoranida “Liverpul-Gol” bolalar futbol klubi azolari 2013 yil yakunlariga bag'ishlangan o'zlarining tantanali tadbirini o'tkazishdi.
2009 yili tashkil etilgan “Liverpul-Gol” bolalar futbol klubi bu yil Toshkent shahar bolalar-o'smirlar birinchiligida 2-divizionda umumjamoa hisobida g'oliblikni qo'lga kiritdi. SHu munosabat bilan bugungi bayram marosimida klubning uchta toifasidagi guruh futbolchilariga g'oliblik uchun esdalik sovg'alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

O'z vaqtida Azizbek Haydarov, Aziz Ibragimov, Aleksandr Lobanov kabi hozirda taniqli bo'lgan yigitlarni tarbiyalashgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Anvar O'rinov, Mirjamil G'ulomov kabi mutaxassislar Toshkentdagi “Liverpul”ning rahbarlari sanalishadi. Ulardan tashqari, o'tmishdagi mashhur o'yinchilar – Dilmurod Nazarov, Samandar Akbarov, Rustam Yaraliev, Asad Rasulov hamda Otabek Qodirov shu dargohda bolalarga futbol sirlarini o'rgatishmoqda.

Bugungi tadbirda 2013 yilgi Toshkent shahar chempionati 2-divizionida g'oliblikka erishgan quyidagi guruhlar taqdirlanishdi: 2001-2002 yillar (murabbiy Samandar Akbarov), 2000 yillar (murabbiy Mirjamil G'ulomov) hamda 1998-1999 yillar (murabbiy Dilmurod Nazarov).
Ulug'bek Mirzaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика