So’nggi yangiliklar

23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  4 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  5 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  106 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  215 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  6 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  11 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  34 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3

Toshkentda yana bir tabiiy maydon yo'q bo'lish arafasida! Yangiliklar

Toshkentda yana bir tabiiy maydon yo'q bo'lish arafasida!

Bugungi kunda poytaxtdagi asosiy muammo bu bolalar uchun maydonlarning tanqisligi. Ayni paytda 15-16 yoshdagi futbolchilar uchun yakshanba kuni bitta o'yin uchun suniy maydon narxi 200 ming so'mdan kamni tashkil qilmaydi.

Aksar tabiiy maydonlar esa davlat korxonalari yoki organ tashkilotlariga tegishli bo'lganli uchun o'yinlar o'tkazib bo'lmaydi. Ochiq maydonlar esa juda qimmat.


Bizga malum qilishlaricha juda ko'plab istedodlarni tarbiyalashda as qotgan Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejining maydoni buzilish arafasida. Bugungi kunda ko'pchilik jamoalar o'zlari uchun qulay bo'lgan maydondan ayrilish arafasida turibdilar.

Undan tashqari, Respublika olimpiya zaxiralari kollejida tarbiya topayotgan 2002, 2003, 2004 yillarda tug'ilgan bolalarning asosiy maydonini boshqa sport turiga berilishi natijasida, O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasining natijasiga ham salbiy tasir ko'rsatishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rilmayotgani achinarli. 2004 yillarda tavallud topgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining asosiy qismi bugungi kunda aynan shu dargohda talim olayapti va shug'ullanayapti. 2020 yil tashkil etiladigan 2003 yilda tavallud topgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining ham negizi bugunda Olimpiya zaxiralar kollejida tarbiya topayapti.



2002, 2003 va 2004 yillarda tavallud topgan ROZSK tarbiyalanuvchilari shahar chempionatini aynan shu stadionda o'tkazib kelishadi. Tabiiy maydonda toblangan futbolchining sifati boshqalarga qaraganda sifatli bo'ladi. O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasining manfaati yo'lida ham bu maydonni yo'q bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak, ertaga kech bo'ladi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yilda qabul qilgan FUTBOLNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDAgi qarorida ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlaridagi futbol bo'limlarini qisqartirish va bo'shayotgan o'quvchi qabul qilish kvotalarini olimpiya va milliy sport turlariga, shu jumladan sportning o'yin turlariga yo'naltirishni to'g'risida band mavjud bo'lib, 2018 yil uning aksi qilindi. Qisqartilishi lozim bo'lgan internatga yangi qabul butunlay to'xtatildi.

Bu masalani O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev yaxshilab o'rganib chiqadi va futbol maydonini bo'lishi hamda bundan bir necha yil avval aynan futbol uchun ochilgan katta dargohni, futbolsiz qolishini oldini oladi. Boisi ROZSK aynan vazirlik tasarrufidagi obekt hisoblanadi.

Mixail Andan tortib, Aleksandr Geynrixgacha, Server Jeparovdan Odil Ahmedovgacha mashg'ulot olib borib kelgan stadionni saqlab qolish ham O'FA, ham Vazirlikning vazifasi! 


Nig'mon Nozimov

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика