So’nggi yangiliklar

16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  0 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  1 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  4 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  9 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2

Toshkentda Xalqaro qand kasalligi bilan kurashish kuniga bag'ishlangan xayriya futbol o'yini bo'lib o'tadi Yangiliklar

Toshkentda Xalqaro qand kasalligi bilan kurashish kuniga bag'ishlangan xayriya futbol o'yini bo'lib o'tadi

25 noyabr kuni, poytaxtdagi Universitetlararo sport majmuasida Diabet ― bu hukm emas! shiori ostida, mana shunday tashhis qo'yilgan bolalar va o'smirlar uchun futbol bo'yicha xayriya o'yini o'tkaziladi.

Tadbir 11:00dan 13:00 gacha davom etadi. Bu o'yin “14 noyabr - Xalqaro qand kasalligi bilan kurashish kuni”ga bag'ishlanadi.

Bu o'yinni o'tkazish uchun O'zbekiston Endokrinologiya va Diabet Associaciyasi qoshidagi DIASA ommaviy harakati tashabbus bilan chiqdi. SHuningdek, tadbirni o'tkazishda O'zbekiston Professional futbolchilar Associaciyasi va Toshkent Endokrinologiya Dispanseri ham yordam bermoqda.

Timur Nazarov, DIASA ommaviy harakati loyihasi asoschisi va ushbu nomdagi jamoa murabbiyi: «Biz jamoatchilik etiborini qand kasalligi, bolalar va o'smirlar o'rtasida jismoniy faolllik hamda ruhiy tiklanish muhimligiga qaratishni maqsad qildik. Umid qilamizki, bo'lajak o'yin ushbu yo'nalishdagi muhim qadamlardan biri bo'ladi».

SHu kuni barcha tashrif buyuruvchilarni ajoyib dastur kutmoqda: AFC DIASA va Black Bears nomli «yulduzli» o'yinchilardan iborat jamoalar o'rtasidagi futbol o'yini. Black Bears jamoasi tarkibida turli sohalarda ishlayotgan insonlar o'ynashadi, estrada artisti: SHaxriyor, Akbar Atamuxamedov, Evgeniy SHtapov (Di Live Band guruhi yakkaxoni); poytaxtning etakchi di-djeylari: DJ Ochil, Dj Kyamran Silience, DJ Sam; Ilya Nikitin (Black Bear Kofi tarmog'i asoschisi), Artur Beglaryan (tadbirlar boshlovchisi va bayramlar tashkilotchisi), fotograf Arlan Bayxodjaev, Nodir Eliboev (futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi) va boshqalar.



Uchrashuvni FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi.

Tadbirning faxriy mehmonlari ― Toshkent shahar Endokrinologiya Dispanserida ro'yxatida turuvchi bolalar va o'smirlar.

Xayriya futbol o'yini mehmonlari orasida O'zbekiston Superligasi professional futbolchilari, O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ham bo'ladi.

Malumot uchun

DIASA ― O'zbekiston Endokrinologiya va Diabet Associaciyasi qoshidagi ommaviy harakat. Qandli diabet tashhisi qo'yilgan bolalar va o'smirlarga bolalar va o'smirlar o'rtasida jismoniy faolllik hamda ruhiy tiklanishga yordam berish. Jamoatchilikni ushbu muammoga faol tarzda etibor qaratish. Akciyalar, tadbirlar yordamida moliyaviy va medikamentoz yordam yig'ish.

Har bir xohlovchi o'yinga tashrif buyurib, xayriyaga o'z xissasini qo'shishi mumkin.

Malumot uchun telefonlar: + (998 91)  191 79 93

DIASA ijtimoiy tarmoqlarda

Facebook
Telegram
Instagram




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика