So’nggi yangiliklar

14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  14 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   23 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7

Toshkentda Sergey Arutyunov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir o'tkazilmoqda Yangiliklar

Toshkentda Sergey Arutyunov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir o'tkazilmoqda

O'zbekiston Futbol Federaciyasi bolalar o'rtasida o'zbek futboli sobiq arbobi Sergey Artyomovich Arutyunov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir tashkil etdi.

2 noyabr kuni start olgan ushbu musobaqa ilk bora o'tkazilyapti. Xalqaro maqomga ega bo'lgan bu turnirda 2005 yilda tavallud topgan bolalardan tashkil topgan 8 jamoa ishtirok etmoqda. Ular – “Bunyodkor” (Toshkent), “Paxtakor” (Toshkent), “Metallurg” (Bekobod”), “Lokomtiv” (Toshkent), SDYUSHOR (Qozog'iston), “Qayrat” (Qozog'iston), “Ural” (Rossiya) “Spartak” (Toshkent).

Musobaqa 6 noyabrga qadar davom etadi.

Takidlash kerakki, O'zbek futboli fidoiylaridan biri - 1922 yilning 15 mart kuni tavallud topgan Sergey Arutyunov 2015 yil, 93 yoshida vafot etgan edi.

Arutyunov 1940 yildan boshlab “Dinamo” safida to'p surgan va jamoasi bilan O'zbekiston chempionligi va mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. Keyinchalik faoliyatini Toshkentning “Spartak” jamoasida davom ettirgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach esa avval hakamlik qilan, so'ngra murabbiylik bilan shug'ullangan. Arutyunov 1953 yilda Moskvadagi murabbiylar tayyorlovchi Oliy maktabni tamomlagan. 1956 yilda “Paxtakor” futbol maktabi tashkil qilinib, Arutyunovni u erga ishga taklif etishdi. Ushbu maktab Gennadiy Krasnickiy, Birodar Abduraimov, Hamid Rahmatullaev, Stanislav Stadnik kabi istedodli futbolchilarni tarbiyaladi.

1962 yilda Sergey Arutyunov “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” unvoniga sazovor bo'lgan.

1998 yilda Franciyada bo'lib o'tgan Jahon CHempionatida Sergey Arutyunovga FIFA oltin medali topshirilgan. U, shuningdek, O'zbekiston Futbol Federaciyasi ko'krak nishoni sohiblaridan biri edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика