Toshkentda o'rtoqlik o'yini ko'ramiz
17 dek 2013 13:08
Yangiliklar

Toshkentda o'rtoqlik o'yini ko'ramiz
Avvalgi haftada “Terma jamoalar markazi” direktori Asqar Tolibjonov bayonot berib, 1 mart kuni terma jamoamiz Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida elon qilgandi.
Keyinchalik raqib yon qo'shnilarimizdan biri bo'lishi to'g'risida malumot tarqatildi. Nima bo'lgan taqdirda ham kelasi yil bahor faslining ilk sanasida milliy terma jamoamiz Toshkentda o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Bu xabar ko'pchilikni xursand qilgan bo'lishi tabiiy. CHunki 2009 yildan beri hisoblaganda oxirgi 4 yilda faqat bir martagina o'z maydonimizda o'tgan o'rtoqlik bahsiga guvoh bo'ldik. 2012 yilning sentyabr oyida Quvayt terma jamoasi yoshartirilgan tarkib bilan poytaxtimizga tashrif buyurgandi. 4 yilda uyda bittagina uchrashuv o'tkazish yaxshi ko'rsatkich emas. CHunki bazi qitadshlarimiz bu davr ichida 10dan ortiq o'rtoqlik o'yinlarini o'z maydonlarida tashkil etishdi. Yoki Avstraliya singari jamoalar asosan safarda kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlar o'tkazishdi. Xo'sh, Osiyodagi terma jamoalar shu vaqt mobaynida uyda kimlar bilan to'qnash kelishdi? SHu holatga etiboringizni qaratib o'tamiz.
Qitamizning yaqqol etakchisi bo'lib turgan Yaponiya terma jamoasi ko'pincha ishqibozlarni uydagi uchrashuvlar bilan xursand qiladi. CHunki “Kirin” kompaniyasi yil mobaynida kamida 5ta o'yinni tashkil qilib beradi. SHu sababli yaponlar barcha FIFA kunlarida o'z mamlakatlarida maydonga tushish imkonyatiga ega bo'ladilar. 2011 yilning boshidan buyon o'tgan 3 yilni hisoblasak, “samuraylar” Peru, CHexiya, Janubiy Koreya, Vetnam, Venesuela, BAA, Islandiya, Ozarbayjon, Latviya, Bolgariya, Urugvay, Gvatemala hamda Gana terma jamoalari bilan Yaponiyada uchrashuv o'tkazishgan. Bu juda yaxshi, albatta. Bejizga yildan-yilga yaponiyalik futbolchilar Evropa chempionatlarini zabt etishmayapti. Terma jamoadagi shunday har bir o'yin futbolchiga katta tajriba beradi.
Janubiy Koreya terma jamoasi ham qita etakchisidan qolishmaslikka intilib kelmoqda. Koreyada oxirgi 3 yil ichida Gonduras, Serbiya, Gana, Polsha, O'zbekiston, Zambiya, Avstraliya, Peru, Gaiti, Xorvatiya, Braziliya, Mali va SHveycariya terma jamoalari mehmon bo'lib ketishdi. Tarkibi yoshartirilgan bo'lishiga qaramay, koreyslar jahon chempionatiga final bosqichiga yo'l olishni uddalashdi. Kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlar orqali jamoa yana avvalgi saviyasiga qaytib boryapti.
Futbolga katta mablag' ajratayotgan Xitoy bu yog'iga jahon grandlari bilan o'ynashni boshlab yuborsa kerak. O'tgan yillar mobaynida “chinliklar” Gonduras, Kosta Rika, KXDR, Yamayka, BAA, Quvayt, Vetnam, Gana, Yangi Zelandiya, O'zbekiston, Gollandiya, Tailand, Singapur, Malayziya kabi jamoalarni mehmon qilishdi. Agar Xitoy Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, unda jamoa tayyorgarlikka jiddiy etibor qaratishi turgan gap.
Bizga Osiyo Kubogi bilan bir guruhda raqib bo'lgan Gonkong 3 yil davomida Malayziya, Xitoy Taypeyi, Vetnam, Filippin, Singapur terma jamoalari bilan o'z maydonida o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishga ulguribdi. Vetnamning esa “Arsenal” bilan o'tgan uchrashuvining o'zi ko'p narsani aytib turibdi.
Futbolni endigina rivojlantirishni boshlagan Afg'oniston ham o'z maydonida bellashuv tashkil qildi. Bu jamoa Pokistonni qabul qilgani tahsinga loyiq. Guam, Makao, Bangladesh, Myanma, Xitoy Taypeyi singari terma jamoalar ham o'z saviyalaridagi jamoalar bilan tez-tez o'ynab turishlarini malumotlarni ko'zdan kechirish asnosida bilib oldik. Bu jamoalar mini turnirlarda to'qnash kelib turishlari ham odatiy holga aylangan. Bugun har kim imkoniyatidan kelib chiqib, ko'proq o'rtoqlik bahslari tashkil qilishga urinmoqda. CHunki busiz taraqqiyotga erishib bo'lmaydi.
Hindiston 2017 yil o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritdi. Bu yurt terma jamoasi Malayziya, Zambiya, Falastin, Filippin, Nepal bilan bahslarda maydonga chiqdi, Neru Kubogida yana bir qator termalarga qarshi o'ynab ko'rdi. Hindlar ham asta-sekinlik bilan yaqqol autsayderlar safidan o'rtamiyonalar qatoriga ko'tarilishga ulgurishdi. Yaqin yillar ichida bu jamoada yana o'sishni ko'rishimiz mumkin. CHunki milliy liga va terma jamoalarga bo'lgan etibor ancha oshgan.
Yon qo'shnimiz Qirg'iziston terma jamoasi 2013 yilda Bishkekda Quvayt, Tojikiston va Ozarbayjon bilan o'ynadi. Maldiv orollari esa Pokiston va Seyshal orollari, Nepal Bangladesh hamda Pokistonni sinovdan o'tkazdi. Futbolchilarimiz birin-ketin yo'l olishni boshlagan Malayziya 2011 yildan beri o'z uyida Myanmar, Gonkong, SHri Lanka, Filippin, Singapur, Vetnam, Kambodja, Tailand, Bangladesh, Saudiya Arabistoni, Falastin, “CHelsi”, “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Barselona” kabi mashhur klublarga qarshi o'ynashga ulgurdi. Bu yurt terma jamoasi hozirda o'rtamiyonalar darajasiga yaqinlashib qoldi.
Indoneziya terma jamoasi Gollandiya, “Arsenal”, “Liverpul”, “Inter”, “Valensiya”, Filippin, Qirg'iziston, Vetnam, Timor Leste, Kamerun, Falastin va Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashib ko'rgan. Bu davlatga yaqin bo'lgan Tailand esa Malayziya, Butan, Bangladesh va Bahraynni o'z uyida mehmon qilgan.
Ko'proq Evropa va Amerika qitasi termalari bilan o'ynaydigan Avstraliya mezbon sifatida Yangi Zelandiya, Serbiya, Malayziya hamda Kosta Rikaga qarshi uchrashuvlarni o'tkazgan. “Sokkeruzlar” ko'proq Evropada o'yinlar tashkil qilishadi. Terma jamoa futbolchilari Evropada o'ynashi bois shu yo'l qulay sanaladi.
Eron so'nggi paytlarda o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etishda muammolarga duch kelyapti. Forslar 2011 yildan beri Madagaskar, Falastin, Iordaniya, Tojikiston bilan Tehronda o'ynashdi. Arab jamoalaridan Iordaniya Ammanda Indoneziya, Belarus, Liviya, Falastin, Quvayt, Nigeriya, Zambiya bilan, Ummon Maskatda Xitoy, Gaiti, Eron, Livan, Mavritaniyaga qarshi o'yinlarda maydonga tushdi. Eng ko'p o'yinlar o'tkazadigan Qatar Doxada Rossiya, Hindiston, Iroq, Ummon, Falastin, Iordaniya, Livan, Misr, Tailand, KXDR, Mavritaniya va Vetnamni, BAA esa Suriya, Avstraliya, Livan, Qatar, O'zbekiston, Falastin hamda Sloveniyani mehmon qildi. Saviyasi ancha pastlab ketgan Saudiya Arabistoni Ar Riyodda Trinidad va Tobago, Yangi Zelandiya, Iroq, Argentina, Kongo, Falastin, Marokash, Quvayt hamda Gonkong bilan o'ynab ko'rdi.
Milliy terma jamoamiz oxirgi paytlarda nafaqat uyda, balki safarda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish borasida ham muammolarga duch kelayotgandi. Oldimizda 2015 yilgi Osiyo Kubogi final bahlariga munosib tayyorgarlik ko'rish vazifasi turibdi. 2014 yil biz terma jamoamiz FIFA kunlarining har biridan unumli foydalanishga urinib ko'rib, muxlislarni yaxshi saviyadagi raqiblarga qarshi uchrashuvlar bilan xushnud etadi deb umid qilamiz. Bu yo'lda harakatlar boshlab yuborilgan. Eng muhimi, taklif yuborilgan jamoalarning bunga rozilik bildirishi. Yoshartirilayotgan tarkibga bunday o'yinlar tajribasi juda muhim.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar