Toshkentda OFK “C” licenziyasi dasturi bo'yicha murabbiylik kurslari bo'lib o'tmoqda
29 fev 2020 21:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/548704_original.jpg)
![](/upload/storage/548704_220.jpg)
Toshkentda OFK “C” licenziyasi dasturi bo'yicha murabbiylik kurslari bo'lib o'tmoqda
Bilasiz, O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish hamda murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
25 fevral kuni poytaxtimizda OFKning “C” licenziyasi dasturi bo'yicha murabbiylik kurslari start oldi. 5 martga qadar davom etadigan mazkur kurs davomida o'quv jarayoniga yo'riqchi SHamil Iseev rahbarlik qilmoqda. Kurs ham amaliy, ham nazariy mashg'ulotlardan iborat. O'quv kurslarida yaqin o'tmishning mashhur futbolchilaridan – Kenja To'raev, Ildar Yuldashev, Mahliyo Sarikova kabi jami 20 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.
Yakunda imtihonni muvaffaqiyatli topshiradigan murabbiylar 3 yil muddatga “C” licenziyasiga ega bo'lishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar