Toshkentda futbol hakamlari uchun FIFA seminari bo'lib o'tadi
03 okt 2016 16:31
Yangiliklar
Toshkentda futbol hakamlari uchun FIFA seminari bo'lib o'tadi
O'quv-seminar kurslarining ochilish marosimi 4 okyatbr, soat 9:00da, “Ramada” mehmonxonasida bo'lib o'tadi. SHundan so'ng nazariy va amaliy mashg'ulotlar boshlanadi.
O'quv mashg'ulotlari FIFA instruktorlari Ali Al Taryfi (Saudiya Arabistoni) hamda Holidiy Sufiyon (Malayziya) tomonidan olib boriladi.
5 kun davom etadigan ushbu o'quv kurslarida hakamlarning jismoniy holati, o'yin davomida yuzaga keladigan turli, bahsli vaziyatlar muhokamalari bo'lib o'tadi. Xususan, o'yindan tashqari holat, jarima maydoni ichidagi qoida buzilishlari, to'qnashuvlardan so'ng qabul qilinadigan qarorlar, to'pni qo'l bilan o'ynash kabi holatlar bo'yicha maxsus seminarlar o'tilib, jamoaviy muhokamalar o'tkaziladi.
Seminarlarda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.
Fikrlar