Toshkent xalqaro turniri kubogi Yaponiyaga ketadi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2017, 23:45
Bugun Toshkentda 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi xalqaro turnir yakunlandi.

O'tkazilgan barcha uchrashuvlarda g'alaba qozongan Yaponiya U-15 terma jamoasi musobaqa g'olibiga aylandi.

Yaponiyaliklar dastlab O'zbekiston (5:1), keyin Belarus (1:0) o'smirlar terma jamoasini mag'lubiyatga uchratdi. So'nggi, hal qiluvchi bahsda esa Polsha U-15 termasini 2:1 hisobida taslim qilgan yaponiyaliklar bosh sovringa ega chiqdi.


O'tkazilgan uch o'yindan 2 tasida g'alaba qozongan Polsha o'smirlar terma jamoasi ikkinchi o'rinni egalladi. Har ikki sovrindor jamoa kubok va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Dilshod Nuraliev shogirdlari oxirgi o'yinni Belarus U-15 termasiga qarshi o'tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tadi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.


O'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnir

Toshkent, “JAR” stadioni. 5 iyun, dushanba

Polsha U-15 – Yaponiya U-15 - 1:2

O'zbekiston U-15 – Belarus U-15 - 1:3


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com