So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  74 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Toshkent viloyati Bolalar ligasida g'oliblar aniqlandi Yangiliklar

Toshkent viloyati Bolalar ligasida g'oliblar aniqlandi

O'tgan hafta Toshkent viloyati “Bolalar ligasi”da g'olib va sovrindorlar aniqlandi.

Marhum murabbiy – Mahmud Rahimovning xotirasi uchun bir necha yillardan buyon o'tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa har yili viloyatning deyarli barcha hududlarini qamrab oladi. Odatdagidek, bu yil ham jamoalar ikki yosh toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Ishtirokchilar soni ko'p bo'lgani bois, guruhlarga ajratildi. Dastlab viloyatning bir nechta hududlarida musobaqaning guruh bosqichi bo'lib o'tdi. Avgust oyida Qiziltog' shaharchasida 6ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda final yo'llanmasiga oydinlik kiritishdi.

2001-2002 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat ishtiroklar o'rtasidagi bellashuvlarda o'z guruhlarida birinchi bo'lgan Yangiyo'l shahrining BO'SM va Bekobod tumanining "Metallurg" jamoalari final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Bekobod shahri jamoasi "Istiqlol" esa, uchinchi o'rin sohibiga aylandi.

2003-2004 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar o'rtasidagi bahslardagi natijalar ham kattalarnikidan deyarli farq qilgani yo'q. Jumladan, "Istiqlol" bu yosh toifasida ham uchinchi o'rinni o'ziniki qildi. Finalga BO'SM yo'l oldi, faqat uning bu safargi raqibi Olmaliqning BFMi bo'ladi.


Ahamiyatlisi, har ikkala yosh toifasidagi ishtirokchilar orasida ham Yangiyo'l tumani jamoalari finalga etib keldi. SHanba kuni bo'lib o'tga hal qiluvchi bahslarda ularning biri mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, ikkinchi raqibini yirik hisobda “taslim” etdi. Final O'rta CHirchiq tumanidagi “Ahmad Yassaviy” stadionida bo'lib o'tdi. Bolalar har bir bo'limi 30-daqiqani tashkil qilgan o'yinda g'olib nomini aniqlashdi. Avvaliga kichik guruhdagilar maydonga chiqishdi. Uchrashuv yurtimizning birinchi prezidenti Islom Karimovning xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. O'yin qiziqarl kechdi. Har ikkala jamoa azolari ham maydonga faqat g'alaba uchun tushganliklari ularning yuz-ko'zidan sezilib turardi. Garchi yangiyo'lliklar ham gol urish uchun etarlicha imkoniyatga ega bo'lgan bo'lsa-da, bundan foydalana olishmagani yakunda ularga pand berdi. Ayniqsa, hali hisob ochilmagan vaqtda penaltidan foydalana olmagan BO'SM tarbiyalanuvchilari oxir-oqibat jazolanishdi. Penaltida BFM posboni o'z mahoratini namoyish qilgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan golda BO'SM darvozaboni “qovun tushirdi”. Yagona gol o'yin taqdirini hal qildi.

Ikkinchi final gollarga boy tarzda kechdi. Avvaliga hammasi bir tekis ketayotgandi. Ammo ketma-ket urilgan gol nafaqat o'yin taqdirini hal qildi, balki bekobodlik bolalarning ruhiyatiga ham salbiy tasir qildi. Natijada garchi hisobni bittaga qisqartirgan bo'lishsa-da, o'z darvozalaridan yana ikkita gol olib chiqishdi.



Finalga futbolimizning bir qator rasmiylari tashrif buyurdi. Xususan, murabbiy SHuhrat Maqsudov 2001-2002 yosh toifasidagi bolalarni kuzatib, iqtidorlarni o'z ro'yxatiga qo'shib qo'ygan bo'lsa, terma jamoalar markazining yana mutaxassisi Vyacheslav Soloxo kattalar guruhining finalini diqqat bilan tomosha qildi.

Taqdirlash marosimi odatdagidan farqli tarzda boshlandi. Final o'yinlariga tashrif buyurgan to'rt jamoaning sardorlari marhum murabbiy Mahmud Rahimovning surati ostiga gulchambarlar qo'yishdi. Keyin navbatma-navbat barcha g'oliblar taqdirlanishdi. Hakamlardan tortib, murabbiy va mehmonlargacha tegishli diplom va sovg'alar  sohibiga aylanishdi. Jamoalarga esa, kubok va medallar topshirildi. SHu tariqa Toshkent viloyatida Bolalar ligasining bu yilgi g'oliblari aniqlandi.

 



TOSHKENT VILOYATI BOLALAR LIGASI

FINAL. 2001-2002 YILLAR
BO'SM (Yangiyo'l) – METALLURG (Bekobod) – 5:1 (3:1)
10 sentyabr. “A.Yassaviy” stadioni.
Bosh hakam:
Ilhom Abdulakov.

BO'SM: Safar Abdumavlonov, Nozim Mamatov, SHohruh Xaliyorov, Murod Qo'chqorov, Javohir Sodiqov, SHohruh Nishonaliev, Sanjar Qo'chqorboev, Nodir Xudoyorov, Olim Akbaraliev, Siroj Olimboev, Farrux Nazaraliev.
Zaxiradagilar: SHohruh Usarboev, SHohruh Toshpo'latov, SHerzod Norqo'ziev, Sardor Orifjonov, Malik Abdumajidov, Ubay Bahromaliev, SHuhrat Burxoniddinov.
Bosh murabbiy: K.G'ulomov.

“Metallurg”: M.Narzullaev, I.Salovatov, X.Mirzaqulov, S.Xalilov, U.Rasulov, G'oibnazarov, Mavloqulov, S.Fayzullaev, J.Bahodirov, A.Davlatjonov, B.Abduqosimov.
Zaxiradagilar: Mamatqulov, N.Jo'raboev, S.Ergashev, Z.Murodov, N.Azimov, J.Usamboev, Umaraliev.  
Bosh murabbiy: M.Xolmatov.

Gollar: Farrux Nazaraliev, 8 – 1:0. Farrux Nazaraliev, 9 – 2:0. Farrux Nazaraliev, 10 – 3:0. S.Fayzullaev, 18 – 3:1. Olim Akbaraliev, 46 – 4:1. Olim Akbaraliev, 50 – 5:1.

 



2003-2004 YILLAR
BFM (Olmaliq) – BO'SM (Yangiyo'l) – 1:0 (1:0)
10 sentyabr. “A.Yassaviy” stadioni.
Bosh hakam:
Dauletboy Jalimov.

BFM: F.Hoshimov, I.Busikov, O.Anvarov, D.Ahmadaliev, SH.Abdulxaev, B.Abdurahmonov, M.Yormatov, D.Ermatov, A.Elboev, A.Rahimov, D.Mamatqulov.
Zaxiradagilar: E.Xoljigitov, I.Umrboev, S.Abdunabiev, A.Sariboev, S.Musaboev, B.Jumaev, A.Abdulxaev.
Bosh murabbiy: M.Baydashev.

BO'SM: Sardor Abdukarimov, Qahramon Orifjonov, Doniyor Hakimjonov, Saman To'rabekov, SHodiyor Abdusattorov, Davron Ikromboev, Ilhom Yo'ldoshev, Azamat Ismatov, Asad Toshkanboev, Akbar Tuyg'unov, Abdulla Abdug'aniev.
Zaxiradagilar: Abror Abrorov, Davron Zokirjonov, Otabek Abdug'aniev, Umid Abdug'aniev.
Bosh murabbiy: K.G'ulomov.

Gol: B.Abdurahmonov, 12 – 1:0.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика