So’nggi yangiliklar

21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  14 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   2 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  5

Toshkent shahri hamda Jizzaxda bitta, Samarqand va Qashqadaryoda umuman maydon yo'q - Baxtiyor SHirinov hududiy futbol akademiyalardagi holat va maydonlar haqida Yangiliklar

Toshkent shahri hamda Jizzaxda bitta, Samarqand va Qashqadaryoda umuman maydon yo'q - Baxtiyor SHirinov hududiy futbol akademiyalardagi holat va maydonlar haqida

O'FA hududiy associaciyalar bo'limi rahbari Baxtiyor SHirinov hududiy futbol akademiyalari haqida fikr bildirdi.

U "Samisov bilan" loyihasiga bergan intervyusida O'zbekistondagi 14 ta hududiy futbol akademiyalardagi holat va maydonlar mavzusida fikr bildirdi

"Bu juda ham og'riqli mavzu. Ochig'i, men buni associaciyaga ishga kelgandan keyin bildim. Avval bilmas edim", — deydi Baxtiyor SHirinov. 

Takidlanishicha, 2018 yilda O'zbekistonda 14 ta hududiy futbol akademiyalari tashkil etilgan. Bugungi kunda har bir viloyat markazida futbol akademiyasi mavjud. Bular davlat tomonidan moliyalashtiriladi va ular to'liq taminlangan. Har birida 154 nafardan futbolchi shug'ullanadi. 22 tadan 7 yoshdagi terma jamoalar bor. Tarbiyalanuvchilar 4-sinfni bitirgandan keyin imtihon asosida qabul qilinadi, 11-sinfni bitirgunga qadar tarbiyalanadi. 

Baxtiyor SHirinov hududiy futbol akademiyalarining hozirgi holati bo'yicha malumot berdi:

"Andijon viloyati akademiyasida sharoit zo'r deb bo'lmaydi-ku, lekin chidasa bo'ladi. Bitta katta suniy qoplamali maydoni bor, ikkita tabiiy maydoni bor. Qo'shimcha yotoqxonasi, mashg'ulot zali, hammasi bir joyda joylashgan. Suniy qoplamali maydon eskirib, o'zini vazifasini o'tab bo'lgan. O'sha erda bolalar shug'ullanyapti. 

Farg'ona viloyati akademiyasida atigi bitta o'tli maydoni bor. Futbolchi uchun nima kerak? Albatta, maydon kerak. 

Namangan viloyati akademiyasida vodiyda eng ko'zga ko'rinarli akademiya bo'lib oldi. 2 ta suniy qoplamali va ikkita O'FA tomonidan qurib berilgan standart suniy qoplamali maydoni bor. Hozirda yana ikkita tabiiy maydon barpo etilyapti. 

Toshkent viloyati akademiyasi Yangiyo'lda joylashgan. Adashmasam uchta maydoni bor. Viloyatning chekka joyida joylashgan. Futbolchilarning borish imkoniyati juda cheklangan. Hali tabiiy gaz bilan ham taminlanmagan. O'tin, ko'mir yoqishadi qishda. Ana shu sharoitda akademiya faoliyat yurityapti. 

Toshkent shahri akademiyasi Yashnobod tumanida joylashgan. O'FA tomonidan bitta suniy qoplamali maydon qurib berilgan va hozir yonida kichik o'lchamda maydon qilinyapti. 

Sirdaryo viloyatining Yangier tumanida bitta o'tli maydoni bor va hozir bitta suniy maydon qilishyapti. Yana adashmasam 20x40 bitta maydoni bor. Yangierdagi eski, o'sha Bahrom Davlatovga tegishli xususiy mayonda mashg'ulot o'tashadi. 

Jizzax viloyati akademiyasida bitta o'tli maydoni bor. Hozir bir kollej ajratib berilgan. O'sha erda hozir ikkita standart maydon qilish bo'yicha smeta ishlari amalga oshirilyapti. 

Samarqand viloyati akademiyasining maydoni yo'q. Akademiyaning maydoni yo'q! Faqat bitta bog'chada ikki qavatli yotoqxonasi bor xolos. Bitta suniy qoplmali maydon bor va bitta O'FA tomonidan qurib berilgan usti yopiq, futzal o'ynasa bo'ladigan 20x40 maydoni bor. Goh u maydonda, goh bu maydonda ijaradan foydalanib yuribdi. O'zining maydoni yo'q. 

Qashqadaryo viloyati akademiyasida ham maydon yo'q. Hozir bir kollejga joylashgan. U erdagi 90x60 maydonni o'zlari hashar yo'li bilan to'g'rilashyapti. Ular G'uzor tumaniga qatnaydi mashg'ulot qilish uchun. 40 km ga borib mashg'ulot qilib keladi. 

Buxoro viloyati akademiyasi SHofirkon tumanida joylashgan. U erda O'FA tomonidan suniy qoplamali maydon qurib berildi va yonida bitta o'tli maydoni bor. U avval futbol-internat bo'lgan, Buxoroning chetida joylashgan. Haligacha natija berganini ko'rmadim. 

Qoraqalpog'iston Respublikasida O'FA tomonidan bitta suniy qoplamali maydon qurib berildi. Boshqa maydoni yo'q.

Xorazm viloyati akademiyasi sal oyoqqa turib oldi. Markaziy stadion hududi ularga to'liq berilgan. Hozir ikkita suniy qoplamali va bitta tabiiy maydon qilib olishdi. Avval ular ham Yangibozor tumanidagi bitta maydonda shug'ullanishar edi. 

Navoiy viloyati akademiyasida bitta standart va bitta-ikkita kichkina maydonchasi bor. Boshqa hech qanaqa sharoiti yo'q. 

Surxondaryo viloyati akademiyasida bitta katta va bitta kichik standartdag o'tli maydoni bor. Boshqa hech narsa yo'q".


To'liq intervyuni ko'rish uchun:

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика