So’nggi yangiliklar

18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   0 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  0 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  0 16:33Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  1 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  7 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  4 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  3 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  5 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  4 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  23

Toshkent shahar futbol associaciyasida o'zgarish bo'lib o'tdi Yangiliklar

Toshkent shahar futbol associaciyasida o'zgarish bo'lib o'tdi

Bugun Toshkent shahar futbol associaciyasi binosida Toshkent shahar hokimiyati va sport rahbarlari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Elbek SHukurov va O'zbekiston futbol Associaciyasi birinchi Vice-prezidenti Ravshan Ermatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari ishtirok etadilar.

Toshkent shahar futbol associaciyasi bevosita Toshkent shahar xokimiyati tasarrufida. SHu bois tarixda ilk marotaba, yig'ilishda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati bo'yicha o'rinbosari Elbek Xabibullaevich so'zga chiqdi.

"Bundan buyon hokimiyat O'FA bilan hamkorlikda Toshkent shahar futbol associaciyasini qo'llab-quvvatlaydi. Qo'limizdan kelganicha yordam beramiz. Futbolni eng avvalo negizidan - maktablardan boshlab rivojlantirish kerak. Infrastukturani o'nglashga jiddiy etibor beramiz. Respublika federaciyasi va sport vazirligi bilan hamkorlikda yangi loyihani bugun etiboringizga havola qilamiz. O'ylaymanki, siz bilan qiladigan ishlarimiz ko'p va marraga birgalikda erishamiz. Toshkent shahar hokimi ham qo'lidan kelgan yordamini ayamaydi", - deydi hokim o'rinbosari.


O'FA Vice-prezidenti Ravshan Ermatov so'zga chiqdi:

"Toshkent shahar barcha viloyatlarga o'rnak bo'lishi kerak. Bu borada qiladigan ishlarimiz etarlicha. Bugun bolalar futbolidagi ilk qadamlardan birini Toshkent shahar FAdan tashlaymiz. 2020 yilda chempionatning avvalgi mavqeini tiklagan holda, yangidan-yangi nomlarni kashf qilish ustida ish olib boramiz. Bu borada TFAga kelishgan holda, o'zbek futbolida o'z o'rniga ega Alisher Polatovni 1-Vice-prezident etib tayinladik. Ko'p yillar davomida bolalar futbolida ishlab kelayotgan Nodirxo'ja Yuldashev esa masul kotib vazifasida yangidan ish boshlaydi", - deya ikki mutaxassisni ommaga tanishtirdi Ravshan Sayfuddinovich.


SHundan so'ng navbat Alisher Polatovga berildi:

- Bunday masuliyatli ishni ishonib topshirganingiz uchun rahmat. Bolalar futboli kelajagimiz. O'zimiz ham shu bosqichdan o'tganmiz. Endi uni rivojlantirishimiz kerak. Birinchi navbatda tizim ishlab chiqamiz va uni amalda qo'llaymiz. Bu biroz vaqtni olsada, birgalikda uni amalga oshiramiz. Biz Toshkent shahar hokimligi bilan yaxshi aloqalarni yo'lga qo'yib, sportimizni rivojlantirishga bel bog'laymiz. Bolalar futboli bizga ishonib topshirildi, bu borada qiladigan ishlarimiz ko'p. O'zbekiston futbol associaciyasi, sport vazirligi va bizni qo'llab-quvvatlayotgan Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda chiroyli loyihalar amalga oshiramiz.

Majlis yakunida yangi rahbariyat Alisher Polatov va Nodirxo'ja Yuldashev boshchiligida xodimlar bilan hamkorlikda dekabr oyiga qadar 2020 - 2025 yilgacha amalda qo'llaniladigan dasturni, klublar bilan birgalikda ishlab, ommaga taqdim etish va TFAni yangi binoga ko'chib o'tishi kabi ishlar buyicha yig'ilish o'tkazdilar.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика