Toshkent derbisi va "Olimpik" – "Nasaf" uchrashuvi qaerda o'tkaziladi?
09 noy 2022 12:55
Yangiliklar


Toshkent derbisi va "Olimpik" – "Nasaf" uchrashuvi qaerda o'tkaziladi?
Coca Cola Superligasi 26-turidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar 12 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Mazkur tur doirasidagi "Bunyodkor" – "Paxtakor" uchrashuvi qaysi maydonda bo'lib o'tishi mavhumligicha qolayotgandi. Malum bo'lishicha, Toshkent derbisiga "Jar" arenasi mezbonlik qiladigan bo'ldi. Bu stadionda o'tishi rejalashtirilgan "Olimpik" – "Nasaf" bahsi esa "Paxtakor" stadioniga ko'chirildi.
Avvalroq saytimiz orqali PFL "Bunyodkor" – "Paxtakor" uchrashuvini Olmaliqda o'tkazish taklifini bergani haqida malum qilgandik.
Coca Cola Superligasi. CHempion nomi aniq bo'ladigan so'nggi tur hakamlari malum
O’xshash yangiliklar

Fikrlar