So’nggi yangiliklar

12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  0 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  3 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  3 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  15 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  5 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  9

Tosh voqeasi nima bo'ldi? Yangiliklar

Tosh voqeasi nima bo'ldi?

SHu yilning 7 may kuni Andijon shahridagi "Bobur Arena"da "Andijon" va "Mashal" klublari o'rtasida Proliga 7-tur bahsi o'tkazildi.

"Mashal"ning safarda 1:2 hisobda imkoniyatni boy bergani o'z yo'liga. Lekin bahsning taxminan 65-66-daqiqalarida juda xunuk ish ro'y berdi. "Andijon" futbolchisi SHahboz Erkinov hisobni tanglashtirgach, tribunada o'tirgan andijonlik muxlislardan biri maydonga qarata tosh uloqtirdi. Uloqtirilgan tosh "Mashal" bosh murabbiyi Dilyaver Vanievning boshiga tegib, natijada murabbiy biroz hushini yo'qotdi va bu orada o'yinda to'xtalish yuzaga keldi. 

Keyinchalik 90+3-daqiqada Vladimir Bubanya gol urib, "Andijon"ga g'alaba keltirdi va shu bilan o'yin 2:1 hisobida yakun topdi. O'yin va natija o'z yo'liga, biroq o'sha voqeadan so'ng oradan 2 hafta o'tsa hamki, PFL yoki O'FA tosh voqeasi bo'yicha hech qanaqa rasmiy izoh bermadi.

Tasavvur qiling-a, o'yin payti tribunadan murabbiy boshiga tosh uchib tegyapti va hech kim miq etmayapti. Agar Angliyada shu holat kuzatilsa bormi? Aniq mezbon klub jazoga tortiladi va nechtadir o'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazadi.

 


Bizda ham shunday bo'lishi mumkin? Mumkin, agar shu voqea Muborakdagi stadionda sodir bo'lganida bormi, "Mashal"ning holiga maymunlar yig'lardi. PFL ham, O'FA ham "bechora" muborakliklarni ayab o'tirmasdi. 2017 yil he yo'q, be yo'q jamoani quyi ligaga tushirib yuborgan tashkilot bu safar klubga keskin chora ko'rib, stadionni 10ta o'yinga diskvalifikaciya olmaydimi? Qiladi, qilganda ham 24 soat ichida qaror chiqib bo'lgan bo'ladi. 

"Paxtakor" - "Navbahor" o'yinida muxlis to'pni tepib yuborgani uchun jazoga tortildi. Lekin nima sababdan murabbiyga tosh otilgani uchun "Andijon" jazosiz qoldi degan savol yuzaga keladi. 

Bizgacha etib kelgan malumotlarga ko'ra, o'sha kuni Vanievga otilgan tosh kameraga tushmay qolibdi, shu bois "Andijon"ni jazolashga fakt yo'q ekan. Qiziq, kamera o'yinni tasvirga olsinmi yo stadionga kelgan muxlislar qo'lini poylab tursinmi? Axir kap-katta odam o'zidan o'zi boshini changallab erga o'tirib olmasa kerak. Qolaversa, "Mashal" telegram kanali hisob tenglashganidan so'ng oradan bir daqiqa o'tib darhol yozdi: "Stadiondan tosh kelib Vaniev boshiga tegdi".


 


VIDEONI KO'RISH


Keyin kanal voqeaga oid rasm va video chiqardi. PFL protokoliga ko'ra, "Andijon" - "Mashal" uchrashuvini stadionda 3125 tomoshabin kuzatgan. Undan keyin "Andijon" safarda "SHo'rtan" bilan o'ynadi deylik. Lekin kecha bo'lib o'tgan "Andijon" - "Buxoro" uchrashuviga 9273 muxlis kelgani yozildi. Bundan ko'rinib turibdiki, stadion va klubga nisbatan hech qanday chora ko'rilmagan. 

Ha, do'stlar, o'zbek futboli shunaqa. Agar "tankangiz" bo'lmasa yoki sizdan qandaydir manfaat bo'lmasa, Siz va klubingiz O'FA va PFL uchun bir tiyin. Siz bilan hech kimning ishi bo'lmaydi. Dod solasizmi, voy deysizmi - Sizni hech kim eshitmaydi. Siz faqat badal (vznos) to'lash uchun keraksiz. CHunki sizdan pul ishlashadi. Afsuski, bu achchiq haqiqat!

Barsa Bloger.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика