To'rtta top-klub Varan uchun davogarlik qilmoqda
11 fev 2021 13:40
Yangiliklar
To'rtta top-klub Varan uchun davogarlik qilmoqda
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Rafael Varan ko'plab Evropa top-klublarining transfer maqsadi hisoblanadi.
Franciyalik futbolchi uchun yangi davogar Turinning "Yuventus" klubidir. Himoyachining xizmatlariga shuningdek "CHelsi", PSJ va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Qirollik klubi" Rafael bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Varan joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. U "Real" sharafini 2011 yildan beri himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar