To'rtta o'yindan beri "Surxon"ni yuta olmayotgan "Qizilqum"ning beshinchi urinish omadli chiqadimi?
18 iyu 2021 11:26
Yangiliklar
To'rtta o'yindan beri "Surxon"ni yuta olmayotgan "Qizilqum"ning beshinchi urinish omadli chiqadimi?
Biz esa mazkur uchrashuvga doir qiziqarli fakt va malumotlarni berishni boshlaymiz.
Hamid Aktamov murabbiyligidagi "Qizilqum" so'nggi to'rtta turda "Surxon" jamoasini mag'lub eta olmagan. 2019 yil Superligaga qaytgan termizliklar o'sha mavsum birinchi davrada Navoiyda 3:1 hisobida g'alabani tantana qilishgandi. Ikkinchi davradagi bahsda 2:0 hisobida g'alaba qozonishganini aytish joiz. O'tgan mavsum ushbu jamoalarning to'qnashuvida ikki xil natija qayd etildi. "Qizilqum" o'z maydonida 1:2 natijasi bilan mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, javob uchrashuvida 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekishgan.
2019 yilgi mavsum.
9-tur. 18.05.2019. "Qizilqum" - "Surxon" 1:3
18- tur. 28.08. 2019. "Surxon" - "Qizilqum" 2:0
2020 yilgi mavsum.
2- tur. 07.03.2020. "Qizilqum" - "Surxon" 1:2
15-tur. 17.09.2020. "Surxon" - "Qizilqum" 0:0
Umuman olganda o'zaro o'yinlarda ham "Surxon" katta ustunlikka ega, deyishimiz mumkin.
Fikrlar