To'rtta mamlakat JCH-2030ni birgalikda o'tkazmoqchi
15 fev 2019 10:26
Yangiliklar


To'rtta mamlakat JCH-2030ni birgalikda o'tkazmoqchi
CHili prezidenti Sebastyan Pineraning malum qilishicha, Argentina, CHili, Paragvay va Urugvay 2030 yildagi jahon chempionatini birga o'tkazish uchun ariza topshiradi.
"Bir necha oy oldin Argentina, Urugvay va Paragvay prezidentlariga JCH-2030 uchun arizaga CHilini kiritib, uni birgalikda topshirishni taklif qildim. Taklif qabul qilindi" - deydi Piner "tvitter"dagi sahifasida.
CHili prezidentining so'zlariga ko'ra, KONMEBOL futbol federaciyalari qaror qabul qilishdan oldin maslahatlashib olishgan. Mamlakatlar 1930 yil Urugvayda o'tkazilgan jahon chempionatining 100 yilligini mundial orqali nishonlashmoqchi.
Eslatib o'tamiz, AQSHda o'tadigan JCH-2026da ishtirokchilar soni 48ta bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar