Torreyra: "Neapolda umuman boshqacha o'yin bo'ladi"
12 apr 2019 13:58
Yangiliklar


Torreyra: "Neapolda umuman boshqacha o'yin bo'ladi"
"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra Evropa ligasi doirasida "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz o'yinni juda kuchli boshladik va ularni pressingda ezg'ilab tashladik. Biz bu hafta shu narsaga tayyorlandik va bu samara keltirdi. Aynan pressing sabab men gol urdim.
Men Italiyada o'ynaganman va "San-Paolo"da umuman boshqacha o'yin bo'lishini juda yaxshi bilaman. Ularning muxlislari juda hissiyotli, "Napoli" uyda kuchli va biz birinchi daqiqadanoq diqqatli bo'lishimiz kerak.
Javob bahsiga to'g'ri tayyorlana olsak va vaziyatlardan foydalanishda muammolar bo'lmasa safarda ham gol urishimiz mumkin", - dedi Torreyra.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar