Torres dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin
22 jan 2016 09:15
Yangiliklar


Torres dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin
Atletiko klubi hujumchisi Fernando Torresga xorijdan ajoyib taklif tushgan, bu haqda uning agenti Xose Antonio Martin malum qildi.
Fernando va Simeone kelajak borasida gaplashib olishlari kerak. Atletiko muxlislari u bilan shartnoma uzaytirilishini istashmoqda.
Torresda bitta taklif bor, unga ko'ra u dunyoda eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. Barchasi Atletikoga bog'liq.
Barchasi Torres va Simeonening qaroriga bog'liq. Fernando va Diego – do'stlar, – deydi agent Cadena Cope nashriga.
Eslatib o'tamiz, Torres Milandan ijaraga olingan. Ispaniyalik futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasi yozda tugaydi va Torres erkin agentga aylanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar