"Torpedo" prezidenti: "Bizda Erkinovdek o'yinchi yo'q edi"
13 iyu 2022 14:58
Yangiliklar
"Torpedo" prezidenti: "Bizda Erkinovdek o'yinchi yo'q edi"
– Nega Erkinov bilan shartnoma imzolashga qaror qildingiz?
– U hujumkor insayd. Unda yaxshi tezlik bor – bunday o'yinchi jamoamizda shunchaki yo'q, butun RPLda esa juda kam. Yigitchada ajoyib dribling bor, u jarima maydonchasiga o'zi kirib borishdan qo'rqmaydi. Bir qanotda Sultonov, boshqasida esa Erkinov o'ynashini rejalashtirmoqdamiz. Biz unga juda ham ishonamiz. Maks bilan birgalikda muzokaralar uchun O'zbekistonga uchdik va u erda uch kun bo'ldik.
– Nega uch kun?
– Sababi sharq – nozik ish. 120ta somsa emaguningcha, hech kim muloqot qilmaydi (kuladi).
– Aynan kim Erkinovni bizga o'tishga ishontirdi? Adashmasam, unga ko'plar davogarlar bor edi.
– Birinchi marta futbolchilarni jamoaga taklif qilayotganimiz yo'q, biz ishontirishni bilamiz. Qolaversa, SHomurodov misoli ham bor.
Fikrlar