Torgan Azar akasi Eden haqida malumot berdi
30 iyu 2021 01:43
Yangiliklar
Torgan Azar akasi Eden haqida malumot berdi
"Eden o'zini yaxshi his qilmoqda. Bugun ertalab soat to'qqiz yarimlarda u tibbiyot xodimlari nazorati ostida sport zalida shug'ullanishni boshladi.
U juma kuni o'ynashni xohlayapti. Akam jamoaga yordam berishni, hal qiluvchi rol o'ynashni xohlaydi. U tarkibga kirish uchun hamma narsani qiladi. Ko'p narsa ertaga yoki hatto juma kuni aniq bo'ladi.
Eden jamoa uchun muhim ahamiyatga ega. U to'p bilan o'ynab, o'yinni tinchlantirishi va vaziyat yaratishi mumkin. Portugaliya bilan o'yinda yaxshi o'ynadi: yakka kurashlarga qo'rqmasdan kirdi va har bir to'p uchun kurashdi.
Barchamiz uning Italiyaga qarshi bahsda ishtirok etishiga umid qilamiz. Ehtimol, dunyodagi eng yaxshi tibbiy shtablardan biri ishtirokida bunga erishish mumkin", - dedi belgiyalik.
Fikrlar