So’nggi yangiliklar

18:42"Байер" бош директори: "Алонсо келажакда "Реал"ни бошқариши аниқ"  0 18:27ЎФА легионерларимиздан бирининг Осиё Кубогида иштироки бўйича келишувга эришди  2 17:39ОЧЛ. "Ал Айн" — "Ал Ҳилол" учрашуви сув тошқини туфайли қолдирилди  0 17:26"Барселона" – ПСЖ, "Боруссия Д" – "Атлетико" учрашувларини кимлар шарҳлаб боради?  8 17:02Ямаль — "Golden Boy-2024" рейтингида етакчи  2 16:40Пекин-2008. Вадим Абрамов бошқарган терма жамоа қандай қилиб Олимпиадага чиқа олмаганди?  3 16:20Ўзбекистон Малайзияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  1 16:11Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - "Арал" академия: Асосий таркиблар маълум  1 15:45Иброҳимҳалил Йўлдошев терма жамоамиз ихтиёрига келиб қўшилди  5 15:05Таиландга ҳам бир назар ташлаймиз: футзал бўйича Осиё Кубоги бошланмоқда!  3 14:45U-23 Осиё кубоги. Малайзия бош мураббийи: "Ўзбекистонни ютиш учун энг зўр ўйинимизни намойиш этишимиз шарт"  3 14:32"Барселона"? Йўқ, мен ўсишни истайман"  6 14:05U-23 Осиё кубоги. Тимур Кападзе: "Ҳар бир жамоа мусобақани ғалаба билан бошлашни истайди"  11 13:45Ўзбекистон Суперкубогига "Бунёдкор" стадиони мезбонлик қилади  7 13:24Футзал. Ўзбекистон Австралияга қарши баҳсда оқ либосларда ҳаракат қилади  3

Top-klublar tarkibi joriy yozda qanchalik o'zgardi Yangiliklar

Top-klublar tarkibi joriy yozda qanchalik o'zgardi

Evropada tez orada transfer oynasi yopiladi. Top-klublar hozirda qanday ko'rinishga ega?

Evropada uzoq muddatli yangilanishlar o'z yakuniga etmoqda, Angliyada esa transfer oynasi yopilgan. Yangi murabbiy, yangi yulduzlar - ko'p narsa o'zgardi. Agar siz yozda amalga oshirilgan transferlardan bexabar bo'lsangiz, kuzda klublarni tanimasligingiz mumkin.


Quyida tarkiblarini keskin tarzda o'zgartirgan jamoalar bilan tanishib chiqing.


"Atletiko"


Madriddagi katta islohotlar darhol ikki jamoaga tasir qildi. "Atletiko"da so'nggi yillardagi eng kuchli himoya chiziqlaridan biri yo'q bo'ldi: Diego Godin, Felipe Luis va Xuanfran 8 yillik faoliyatlaridan so'ng jamoadan ketishdi.

Lukas Ernandes 80 million evro evaziga "Bavariya"ga sotib yuborildi. 

SHu munosabat bilan "matraschilar" tarkibni jiddiy ravishda o'zgartirdi, yangi futbolchilar uchun tahminan 260 million evro sarfladi. Birinchi o'yinida "Tottenxem"dan sotib olingan Kiran Tripper va "Atletiko Paranaense"dan xarid qilingan Renan Lodilarning o'yiniga guvoh bo'ldik. Ko'ramiz, butunlay yangilangan mudofaa o'zini qanchalik ko'rsata oladi. SHuningdek, "Atletiko" Antuan Grizmann uchun to'langan 120 million evro evaziga "Benfika"dan Joao Felishni sotib oldi. "Manchester Siti"ga o'tib ketgan Rodri o'rnini "Real"dan kelgan Markos Lorente egalladi. 

Kelganlar: Felipe Montero, Markos Lorente, Renan Lodi, Joao Felish, Kiran Tripper, Mario Ermoso, Ivan SHaponich

Ketganlar: Lukas Ernandes, Lusiano Vetto, Jelson Martinsh, Antuan Grizmann, Diego Godin, Xuanfran, Rodrigo Ernandes



"Yuventus"


Turinda ham ko'p o'zgarishlar yuz berdi. Himoya chizig'i sezilarli ravishda yangilandi: Jorjio Kellini, Andrea Bardzali va Leonardo Bonuchchi uchligi endi birga o'ynamaydi. Bardzali butsalarini mixga ildi va uning o'rniga "Ayaks"dan harid qilingan yosh umidli himoyachi Matteis De Ligt markaziy himoyani mustahkamladi. Gollandiyalikka "Roma"dan kelgan Luka Pellegrini sheriklik qiladi. "Bepul transferlar qiroli"  Janluiji Buffonni jamoaga qaytardi. SHuningdek, Aaron Remzi va Adrien Rabolarni olib kelishga muvaffaq bo'lishdi. Uelslik futbolchiga haftasiga 400 ming funt vada qilingan.

Buffonga Paolo Maldini (647) rekordini yangilash uchun 8 ta o'yin kerak, biroq Voycex SHesnini raqobatda engish qariya uchun oson bo'lmaydi.

Kelganlar: Matteys de Ligt, Danilo, Luka Pellegrini, Merix Demiral, Janluiji Buffon, Adrien Rabo, Aaron Remzi

Ketganlar: Joau Kanselu, Moyze Kin, Leonardo Spinaccola, Andrea Bardzali



"Bavariya"

Tasavvur qilish qiyin, Aren Robben va Frank Riberi yani "abadiy juftlik" klubni tark etishdi. Ikkovlon o'z umrining o'n yildan ortig'ini jamoaga bag'ishladi. Riberi kollekciyasini to'qqiz, Robben esa sakkizta sovrin bilan boyitdi. Ular birgalikda 185 golni amalga oshirishdi. 

Endi ularning o'rnini yosh o'yinchilar Koman va Gnabri egallashi kutilmoqda. "Bavariya"ni qaytadan qurish kerak: Himoyani Lyuka Ernandes va Benjamin Pavar hisobiga kuchaytirishdi. Ushbu ikki futbolchi uchun 100 mln. funt sarflandi. Hujumni esa umidli forvardlardan biri Yann-Fite Arp mustahkamladi. Yana kuni kecha "Barselona"dan Felippe Koutino bir yilga ijaraga olingani haqida xabar berildi. Ehtimol, Pavar markazda Niklas Zyule bilan o'ynar. Mats Xummels jamoani tark etdi, Xames Rodriges ham "Real"ga qaytdi.   

Kelganlar: Leon Dayaku, Benjamen Pavar, Lyuka Ernandes, Yann-Fite Arp, Felippe Koutino  

Ketganlar: Mats Xummels, Rafinya, Xames Rodriges, Frank Riberi, Aren Robben



PSJ

PSJda katta xaridlar bo'lmadi va tarkib deyarli o'zgarmay qoldi. Jamoaga uchta kuchli futbolchi kelib qo'shildi, lekin ularning orasida yulduzlar yo'q. Masalan, Ander Errera francuzlarga unchalik qimmatga tushmadi. Himoya chizig'iga "Borussiya"dan Abdu Diallo sotib olindi. Futbolchi bu erda Presnel Kimpembe, Markinos va Tiago Silva bilan raqobatlashadi.

Barcha Neymarning shov-shuvli transferini kutmoqda, ammo hozircha uning ketishi amalga oshmayapti. Lekin iqtidorli Jovanni Lo CHelso ketishi kerak edi va shunday ham bo'ldi.

Kelganlar: Idrissa Geye, Abdu Diallo, Pablo Sarabiya, Ander Errera

Ketganlar: Jovanni Lo CHelso, Mussa Diabi, Kristofer Nkunku, Gjegoj Krixovyak, Kevin Trapp, Dani Alves, Janluiji Buffon, Adrien Rabo



"Barselona"

"Barselona" ikkita katta transferni amlga oshirdi: Antuan Grizmann va Frenki de Yong. Ammo muhlislar bundan ko'prog'ini kutishgandi. Masalan - Neymar. 

De Yong "Ayaks"ning CHempionlar Ligasidagi ajoyib muvaffaqiyatida muhim rol o'ynadi va yulduzga aylandi. "Barsa" u uchun 75 million evro to'ladi. Kataloniyaliklar Frenki "yangi  Xavi" bo'lishiga umid qilishmoqda. 

Yangilangan "Barselona" qanday taktikada o'ynashini aytish qiyin. Valverde 4-4-2 va 4-3-3 ni tanladi. Grizmanni hisobga olgandan, jamoa oxirgi sxemadan foydalanadi. 4-4-2da Suares asosiy tarkibdagi o'rnini yoqotishini bildiradi, bu muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Kelganlar: Antuan Grizmann, Frenki de Yong, Xunior Firpo, Emerson Aparesido, Mark Kukurelya, Neto

Ketganlar: Malkom, Yasper Sillessen, Andre Gomesh, Pako Alkaser, Denis Suares



"Real"

Zinedin Zidan rahbariyatdan yangilangan "Real"ni talab qildi va bunga erishdi. Bir yil oldin jamoani tark etgan mutaxassis jamoaga qaytib, katta islohotlarni amalga oshirdi. Uning klubdagi tasiri shunchalik kuchliki, hatto prezident Peres ham  omadsiz mavsumdan so'ng Zidanga murojaat qilishga majbur bo'ldi. 

Jamoaning asosiy xaridi Eden Azar bo'ldi. Bonuslarni qo'shib hisoblaganda "Real" Azar uchun 140 million evroga to'laydi. Garet Beylda o'yin amaliyoti bo'yicha muammo yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Navbatdagi transfer - yakunlangan mavsum "Ayntraht"da 48 o'yinda 27 ta gol urgan Luka Yovich bo'ldi. "Real"da u o'zgarmas Benzema bilan raqobatlashadi. 

SHuningdek, "qaymoqranglilar" "Portu"dan himoyachi Eder Militao va "Lion" klubidan Ferlan Mendini sotib olishdi.

Kelganlar: Eden Azar, Luka Yovich, Eder Militao, Ferlan Mendi, Rodrigo Goes

Ketganlar: Mateo Kovachich, Markos Lorente, Teo Ernandes, Raul de Tomas

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика