Top-klublar qiziqishiga sabab bo'layotgan Moreno "Vilyarreal" bilan bir yo'la olti yillik shartnoma imzoladi
10 avg 2021 07:52
Yangiliklar
Top-klublar qiziqishiga sabab bo'layotgan Moreno "Vilyarreal" bilan bir yo'la olti yillik shartnoma imzoladi
Forvard Jerar Moreno "Vilyarreal"da qoladi.
Klub va 29 yoshli ispaniyalik futbolchi shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirishdi.
Moreno o'tgan mavsum "Vilyarreal" safida barcha musobaqalarda to'purarga aylandi. U La Liga doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urishga erishdi.
Morenoga "Vilyarreal" tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lishi uchun yana bitta gol kerak. Hozir u Juzeppe Rossi bilan etakchilik qilmoqda - 82tadan gol.
Fikrlar