Top-klublar qiziqishiga sabab bo'layotgan Moreno "Vilyarreal" bilan bir yo'la olti yillik shartnoma imzoladi

Alisher
10 avg 2021, 07:52
Forvard Jerar Moreno "Vilyarreal"da qoladi.

Klub va 29 yoshli ispaniyalik futbolchi shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirishdi.

Moreno o'tgan mavsum "Vilyarreal" safida barcha musobaqalarda to'purarga aylandi. U La Liga doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urishga erishdi.

Morenoga "Vilyarreal" tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lishi uchun yana bitta gol kerak. Hozir u Juzeppe Rossi bilan yetakchilik qilmoqda - 82tadan gol.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: villarrealcf.es