Top-5da zarbalarni qaytarish foizi bo'yicha Oblak yetakchi, De Xea esa ikkinchi

Tolibjon Qosimov
10 apr 2018, 17:23
Sloveniyalik kiper hatto De Xeani ham ortda qoldirdi.

"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Top-5 chempionatlarda zarbalarni qaytarish foizi bo'yicha eng yaxshi bo'lib turibdi. Bu haqda "Opta" xabar berdi.

Sloveniyalik o'z darvozasiga yo'llangan zarbalarning 85%ni qaytargan. Ispaniya chempionatining 31ta o'yinida Yan 19 bor nolga o'ynagan.



"Manchester Yunayted" kiperi David De Xea 80% zarbani qaytarib qolgan bo'lsa, "Roma" posboni Alisson darvozasi tomon berilgan zarbalarning 79%ini to'sib qolgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Opta