Top-5 ligalar. Xvicha 17 yil oldingi natijani takrorladi
20 mar 2023 09:10
Yangiliklar


Top-5 ligalar. Xvicha 17 yil oldingi natijani takrorladi
Italiya chempionati 27-turida “Napoli” 4:0 hisobida “Torino”dan ustun keldi.
Neapolliklar azosi Xvicha Kvaracxeliya o'yin davomida 1+1 natija ko'rsatdi. Gruziyalik top-5 ligalarida o'ynagan futbolchilar orasida debyut mavsumidayoq 10+10 natijaga erishgan 17 yil ichidagi ilk futbolchiga aylandi.
Oxirgi marta bundan natijani 2006/07 yilgi mavsum “Verder”da o'ynagan braziliyalik Diego qayd etgandi. U mavsum davomida 13 ta gol urib, xuddi shuncha pasni o'z hisobiga yozdirgan.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Kvaracxeliya joriy mavsum klub miqyosida 30 bahsda qatnashib. 14+16 natija qayd etmoqda. U 2022 yil yozida Batumining “Dinamo”sidan “Napoli”ga o'tdi. Avvalroq, esa futbolchi “Rubin” hamda “Lokomotiv M” sharafini himoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar