So’nggi yangiliklar

09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  0 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  8 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  6 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0

Top-5 chempionatlarning ushbu mavsumdagi eng yaxshi 5 nafar yangi o'yinchisi Yangiliklar

Top-5 chempionatlarning ushbu mavsumdagi eng yaxshi 5 nafar yangi o'yinchisi

Yangi klublariga darhol foyda keltira boshlagan futbolchilar.

2021/22 yilgi mavsum boshlanganidan uch oy o'tib, bazi xulosalarni chiqarish mumkin. Evropa klublari transferlar bilan jiddiy shug'ullanib, chempionlik uchun kurashni boshladilar. "CHelsi" va PSJ kabi gigantlar kutilganidek ajoyib g'alabalarga erisha boshlagan bo'lishsa-da, kamtarinroq jamoalar ko'p jihatdan yangi yulduzlari tufayli o'zlarini ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi.

Demak, bugun biz yuqori darajada o'ynashni boshlagan yangilar haqida gaplashamiz. Hamma ham yangi jamoa va chempionatda o'z o'rnini darhol topa olmaydi, lekin bu yigitlar hech qanday qiyinchilikka duch kelishmadi.

5. Takexiro Tomiyasu (“Arsenal”)

Arsen Venger ketganidan so'ng "Arsenal" juda qiyin holatda qoldi. Malakali yarim himoyachilar yo'qligidan tashqari, "kanonirlar"ning eng katta muammosi ojiz himoya edi. Ular haqiqiy "qurol" – Takexiro Tomiyasudek chinakam kuchli himoyachini topishga muvaffaq bo'lishdi.

"Bolonya"dan 18,6 million evroga sotib olingan 22 yoshli yaponiyalik haqiqiy mavsum kashfiyoti bo'ldi. U juda tez tarkibda o'z o'rnini topib ketdi, klub va uning maxlislarini tinchlantirdi.

“Arsenal”ga 58 million evroga tushgan Ben Uayt asosiy yulduz bo'lishga vada bergan bo'lsa-da, aynan yaponiyalik eng yaxshi futbolchi bo'lib chiqdi.


4. Arno Gruneveld (“Vilyarreal”)

“Vilyarreal” Arno Gruneveldni “Bortmut”dan 23,5 million evroga sotib olganida, bu juda xavfli sarmoyadek tuyuldi. "Sariq suvosti kemasi" o'tgan mavsumda turnir jadvalida ettinchi o'ringa joylashdi va muxlislar bu xarajatlarni keraksiz deb bilishdi.

Keyin tashvishlanishga hojat yo'qligi malum bo'ldi — Arno Gruneveld shuncha pulga arzishini isbotlab, bir necha bor jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Niderlandiyalik hujumchi 10 uchrashuvda 6 ta gol urdi.

24 yoshli Gruneveld tezligi va zarbalarining aniqligi bilan ajralib turadi. U chap qanotdan raqib darvozasi tomon 23 ta zarba yo'llashga erishdi.


3. Temmi Abraxam ("Roma")

Temmi Abraxam o'tgan mavsum boshida "CHelsi"ning "tumori" va Frenk Lempardning asosiy o'yinchisi edi. Ammo Tomas Tuxel klubda paydo bo'lishi bilanoq angliyalik futbolchi boshlang'ich tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va o'zini ko'rsatish uchun barcha imkoniyatlardan mahrum bo'ldi.

Natijada, forvard yozda "Roma"ga sotib yuborildi va Rim klubida 14 o'yinda 6 ta gol urdi. Ayni paytda Joze Mourinyuning Abraxamga bo'lgan ishonchi yuqori.


2. Gavi ("Barselona")

"Barsa" inqirozni boshdan kechirayotgan bir paytda, akademiyaning bir guruh umidli yosh futbolchilari ijobiy his-tuyg'ularning deyarli yagona manbasiga aylanishdi. 17 yoshli Gavi bir necha hafta ichida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri bo'lib ulgurdi.

Ushbu mavsumda klub va terma jamoa safida debyut qilgan iqtidorli yarim himoyachi ko'pchilik jamoadoshlariga qaraganda ancha etuk futbolchi ekanligini isbotladi. Gavi ko'pchilik nazdida Xaviga o'xshaydi. "La Masiya" tarbiyalanuvchisi o'yin suratini belgilashga qodir, u bir zumda ommaning yoqimtoy o'yinchisi bo'lib oldi.


1. Dayo Upamekano ("Bavariya")

Evropaning eng kuchli va muvozanatli jamoasi sifatida nom qozongan "Bavariya" bu yil ikkita yo'qotishga uchradi. Jerom Boateng va David Alabaning bir vaqtning o'zida jamoadan ketishi ularning himoya chizig'ini jiddiy ravishda zaiflashtirdi.

Biroq myunxenliklar asosiy raqobatchisi "Leypcig"dan franciyalik iqtidor sohibi Dayo Upamekanoni sotib olishdi. Kutilganidek, “Bavariya” jiddiy o'zgarishni sezmadi va Upamekano tezda o'zini asosiy jamoaning ajralmas futbolchisi sifatida ko'rsatdi.

23 yoshli futbolchi barcha fazilatlari orqali omma ko'z oldida tajribali markaziy himoyachi sifatida gavdalanmoqda. U 80 foizlik muvaffaqiyatli pasi bilan ligadagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. SHu bois franciyalik uchun to'langan 42,5 million evro juda katta summa bo'lib ko'rinmaydi.

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика