Toni Kroos: "Pep bilan muammo yo'q edi"
18 iyu 2014 00:15
Yangiliklar
Toni Kroos: "Pep bilan muammo yo'q edi"
"Real" jamoasi meni sotib olishni qattiq istaganidan xursand bo'ldim. Hammasi yaxshi kechdi. Madridda bo'lib turganimdan mamnunman.
"Bavariya"da bizning bitta maqsadimiz bor edi - g'alaba. Bu erda ham shunday bo'ladi deb o'ylayman. Men bu erga sovrinlarni qo'lga kiritish uchun keldim. "Real"ning muvaffaqiyatli ishtiroki uchun qo'limdan kelganini qilaman. Xedira bilan "Real" haqida gaplashdik. U bu erni menga maqtadi albatta. Sami Xediraning kelajagi borasida bilmayman. So'nggi yillarda maydon markazining ko'p qismilarida o'ynadim. Menga aynan qaerda o'ynashning deyarli farqi yo'q. Ko'proq o'rtada o'ynash yoqadi. "Bavariya"dan ketishim ayon bo'lgach, faqat "Real" haqida o'ylab boshladim. Boshqa jamoalar haqida o'ylaganim yo'q. Gvardiola bilan hech qanday muammo yo'q va bo'lmagan. Aksincha bizning munosabatlarimiz juda yaxshi. Uning uslubi menga to'g'ri kelgandi. Alonso superkubokda o'ynay olmaydi? Bilmadim, balki maydonga tusharman. Men mashg'ulotlarni 5 avgustdan boshlayman. O'yin esa bir haftadan keyin. Qanday formada bo'lishim noaniq. Ko'ramiz. "Bavariya"dagi jamoadoshlarim qarorimni to'g'ri qabul qilishdi.
Fikrlar