Konseysau: "Bunday katta klubda natija doim birinchi o'rinda"
02 jan 2025 20:28
Yangiliklar
Konseysau: "Bunday katta klubda natija doim birinchi o'rinda"
"Milan"ning yangi bosh murabbiyi Serjiu Konseysau Italiya Superkubogi doirasida "Yuventus"ga qarshi o'yindan oldin fikrlarini bildirdi.
"Men hali o'rganishga harakat qilayotgan, murabbiy talabini bajarishga intilayotgan jamoaga keldim. Bu juda muhim. Fikrimcha, barchasi ish sifatiga bog'liq. Ha, mehnat qilish uchun bizda etarlicha vaqt bo'lmadi, lekin keraklisi uchun effektiv ishladik.
Barchasini amalga oshirish uchun etarlicha futbolchiga ega bo'ldim. Barchasini oldindan bilardim, hech qanday bahona bo'lmasligi kerak. "Yuventus"ga qarshi o'yinga boshni baland ko'targan holda tushamiz.
Bunday katta klublarda faqatgina so'zning o'zi ko'p narsani anglatmaydi. Natija orqali nimalarga harakat qilayotganimizni ko'rsatishimiz kerak. Iqtidorlarni cheklab qo'yishni istamayman. SHu orqali futbol muvaffaqiyatli bo'ladi", - dedi "Milan"ning yangi ustozi Serjiu Konseysau.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar