"Arsenal" sobiq futbolchisi Martinellini tanqid qildi
02 jan 2025 20:59
Yangiliklar
"Arsenal" sobiq futbolchisi Martinellini tanqid qildi
"Arsenal" sobiq futbolchisi Emmanuel Peti jamoada ayni damda faoliyat olib borayotgan Gabriel Martinellini tanqid qildi.
"Martinelli "Liverpul"ga mos tusharmidi? Yo'q.
U ishlashda, qo'shishda davom etishi kerak. Bu klubda ancha vaqtdan beri o'ynayapsan, senda Evropaning eng yaxshi jamoasida o'ynash imkoniyati bor. Barcha masuliyatni bo'yningga olishing kerak.
Sen "Arsenal" uchun o'ynayapsan, turnir jadvalining o'rtasidagi jamoa uchun emas, tushunyapsanmi? Sendan ko'prog'ini kutishadi. Mentalitet va boshqa narsalarda ham. Agarda senda bunday hususiyatlar bo'lmasa, "Arsenal"da qolmasliging kerak. Buni gapirish men uchun ham qiyin.
Uning sifatini ko'rdik, lekin bu etarli emas. U hali yosh va tezda tiklanib oladi, demak, muntazam o'yin amaliyoti olish u uchun muammo bo'lmaydi. Qani, bor mahoratingni maydonda ko'rsat", - dedi Peti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar