Tomoshabin "Ayaks" futbolchisining libosini o'g'irlab ketdi
21 mar 2022 20:26
Yangiliklar
Tomoshabin "Ayaks" futbolchisining libosini o'g'irlab ketdi
Niderlandiya chempionatining 27-turidan o'rin olgan "Ayaks" – "Feyenoord" (3:2) uchrashuvi nafaqat yorqin va ochiq futbol, balki bir qator esda qolarli epizodlar bilan ham yodda qoldi.
Masalan, uchrashuv yakunida mezbonlar hujumchisi Antoni omadsiz hazil qildi, buning uchun u maydondan chetlatildi. O'yindan keyin esa muxlislardan biri braziliyalik futbolchining qo'lidan uning futbolkasini o'g'irlab ketdi.
Futbolka o'g'irlangan lahza videoga tushib qoldi hamda ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketdi.
"Ayaks" ayni damda 66 ochko to'plagan holda chempionat peshqadami bo'lib turibdi. "Feyenoord" esa 55 ochko bilan 3-o'rinni egallagan.
Fikrlar