Tomas Tuxel: “Barcha harakatlarimiz g'alabaga qaratilgandi”
30 may 2021 07:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639852_original.jpg)
![](/upload/storage/639852_220.jpg)
Tomas Tuxel: “Barcha harakatlarimiz g'alabaga qaratilgandi”
“G'alabani barcha bilan bo'lishish yoqimli holat. Biz buni uddaladik. Ochig'i, buni qanday izohlashni bilmayman.
Men ikkinchi marta ushbu turnirning finalida o'ynash baxtiga erishganimdan mamnun edim. O'zimni noodatiy tarzda his qildim. G'alabaga yaqin turganimni qaysidir manoda his qilib turgandim.
Futbolchilarimning g'alabaga bo'lgan ishonchi yuqori edi. Biz “Man Siti” uchun butsasiga osilgan tosh kabi bo'lishni istagandik. Har bir futbolchiga o'yinni o'z qo'liga olishini, dadil harakat qilishini, xavfli qarshi hujumlar tashkil etishini aytgandik.
Jismoniy jihatdan olib qarasak, o'yin judayam og'ir kechdi. Har bir futbolchi har bir bir vaziyatda jamoadoshiga yordam berishga intildi”, dedi Tuxel BT Sport telekanaliga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar