So’nggi yangiliklar

13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  0 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  0 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  10 11:35Луис Энрикенинг шаҳсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  2 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  1 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  3 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  0 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1 07:49"Реал Мадрид" Мартин Субименди учун курашга киришди  0 07:25Венсан Компани: "Яқин йилларда ПСЖнинг қатор футболчилари Месси, Неймар ва Ибрагимович даражасига чиқади"  5 05:05Остон Ўрунов жамоаси Қатар клуби билан муроса кўчасини танлади  0

Tom Xenning Evrebe: “Barselona”dan pul olmaganman” Yangiliklar

Tom Xenning Evrebe: “Barselona”dan pul olmaganman”

2009 yilgi ECHL yarim final javob uchrashuvida “CHelsi” va “Barselona” klublari o'rtasidagi bahsda norvegiyalik hakam Tom Xenning Evrebe jahon futboli tarixiga salbiy nom bilan kirgan.


U kataloniyaliklar darvozasi tomon 3-4 marta penalti belgilamagan va uning shubhali harakatlarida mezbonlarda g'azab uyg'otgan. O'shanda u maydondan og'ir jarohatsiz chiqib ketishiga ko'pchilik hayron bo'lgandi.

O'yindan keyin Drogba darhol “SHarmanda” deb qichqirgan bo'lsa, Bosingva “Barsa”ni ochiqchasiga hakamni sotib olganlikda ayblagandi. Evrebe stadionni policiya qurshovida bazo'r tark etgan va uni o'ldirishga tahdid qilishgandi. Bukmekerlik kontoralaridan biri “CHelsi”ning g'alabasi uchun tikilgan pullarga koefficentni to'lab bergandi. “Sports.ru” muxbiri Osloda referi bilan uchrashib, turli savollarga javob qaytardi.

Futbolda ishlashni juda erta boshlaganmisiz? Bu qanday ro'y bergan?

– Ha, Norvegiya yuqori ligasida ilk o'yinni 1992 yil, 26 yoshimda boshqarganman. Birinchi professional bahsim esa 1987 yilda ro'y bergan. Yoshligimda hamisha futbol o'ynaganman, biroq taxminan 13 yoshda meni hakamlik qiziqtirib qolgan. O'shanda havaskorlar uchrashuvlarida ishlashni boshlaganman. Bu ish va chorlov menga yoqqan.

Parallel ravishda universitetga o'qishga kirdim va ruhshunoslikka o'qidim. Futbol men uchun qo'shimcha ish bo'lib, uni yo'qotishni xohlamasdim. Boshida qiyin bo'lgan. 16 yoshli hakamni ancha katta futbolchilar qabul qila olishmasdi. Yana maydonda janjal boshlansa, bo'yim bilan uni to'xtatishga urinishim qiyin edi. Yuqori ligaga etib kelganimda menda allaqachon o'n yillik tajriba to'plangandi. SHu tariqa o'zimdan ancha katta o'yinchilar orasida qulay his qilardim.

– Nega 13 yoshli bola hakam bo'lishni xohlab qolgan? Bu ish futbolda eng havas qilarli faoliyat sanalmaydi.

– Barcha nomidan gapirmayman, lekin meni sinov o'ziga tortadi. Bu ishda muvaffaqiyat va to'liq sharmandalik o'rtasida farq unchalik katta emas. Sen 89 daqiqa o'yinni ajoyib boshqarishing mumkin, ammo so'nggi daqiqadagi xato barcha seni yomon ko'rib qolishiga etarli bo'ladi. Bu esa ushbu ishni qiziqarli va ajoyib ko'rinishga keltiradi. Yana jahon bo'ylab sayohat qilasan, turli stadionlarni ko'rasan. 90 foiz bellashuvlar ajoyib muhitda xatolarsiz o'tadi. Katta futbolning bir qismi bo'lish – juda yaxshi. Uchrashuv tanaffussiz, to'qnashuvlarsiz va to'xtalishlarsiz o'tganda yoqimli hissiyotni tuyasan. Hakam sifatida vazifang ularga kim xo'jayin ekanini ko'rsatish emas, akchinsa futboldan rohatlanishga imkon berish.

Futbolchilar orasida do'stingiz bormi?

– O'yinchilar bilan do'stlik muammo bo'lishi mumkin. Albatta, bir xil insonlarni har dam olish kuni ko'rsang, ularni yaxshiroq bilasan. Biroq futbolchilarga hamkasbdek muomala qilish kerak, do'stlardek emas.

– Hakamlar matbuot bilan kam muloqot qilib, qarorlarini tushuntirib o'tishadi. Bu yaxshimi yoki yomon?

– Norvegiyada hakamlar jurnalistlar bilan tez-tez suhbat qilish imkoniyatiga ega. Ular qanday qarorga kelganlarini tushuntirib berishadi. O'ylashimcha, bu to'g'ri. Bazida o'yin davomida yoki uning yakunidan keyin biror futbolchi bilan suhbatlashib, xatoga yo'l qo'yganingni darhol tan olasan. Masalan, belgilangan penaltini noto'g'ri qo'yganingni. Albatta, o'yinning qaerda bo'lib o'tgani, o'yinchilar va madaniyat ahamiyatga ega. Penalti belgilangandan so'ng xato haqida gapirish kerak emas. O'yindan keyin qaroringni to'g'ri tushuntirsang, futbolchilar buni tushunadi.

– O'yinchilar bilan uchrashuv mobaynida suhbatlashganmisiz?

– Agar har ikki jamoa Norvegiya yoki biror ingliz tilida gaplasha oladigan mamlakatlardan bo'lsa, suhbat qilishni yoqtirardim. Lekin bir jamoa Angliya, boshqa biri Italiyadan bo'lsa va italyanchani bilmasang, unda bunday qilish yaramaydi. Hamma bilan gaplashishing yoki hech kim bilan muloqot qilmasliging lozim. Aks holda, muammo yuzaga keladi. Men ular bilan gaplashishni yoqtirardim. Klarens Zeedorf o'ynagan bellashuvlarni boshqarish yoqqan, u juda do'stsevar, kulib turuvchi inson. Gus Xiddink ham maqul kelardi. U o'sha uchrashuvda “CHelsi”ni “Barselona”ga qarshi olib tushgan. Katta professional, juda sabrli va yoqimli inson.

Xalqaro faoliyatingizni 2010 yil tugatdingiz. Nega?

– Hakamlar ro'yxatida bo'lsam ham meni JARdagi jahon chempionatiga olib ketishmadi. Unga borishga davogarlar qatorida edim. SHunda barchasini tugatishga qaror qildim. 2012 yilgi Evropa chempionatiga qadar yoshim katta bo'lardi. Faqat Norvegiyada ishladim va ikki yildan keyin jarohat oldim. Qaytishga urindim, ammo nasib etmadi. 2013 yil faoliyatimni tugatdim. Qarorni qabul qilish qiyin kechdimi? Yo'q. Bu ish bilan 30 yil shug'ullandim, ajoyib xotiralarga egaman. Evropa chempionati, CHempionlar ligasi, Norvegiya Kubogi finali, Albaniya, Finlyandiya, Italiya kabi mamlakatlarda bo'lib, ajoyib insonlar bilan tanishdim. Boshida tushkunlikka tushdim, biroq ikki haftadan keyin hammasi o'rniga tushdi. Hayot davom etadi. Bazi o'yinni televizor orqali ko'rganda muhit, maydon va bahsdan oldinga hayajonni sog'inganingni his qilasan. Bu tez-tez ro'y bermaydi.

– Ayni paytda va hozirgacha bo'lgan davrda jahonning eng yaxshi hakami kim?

– Tarixda – Kollina. Hozir esa ko'plab yaxshi hakamlarni aytish mumkin. Turkiyalik referi, ismini eslolmadim, Klattenburg, germaniyalik bir necha yaxshi referilar bor. Lekin Kollina barcha zamonlarning eng yaxshi hakami bo'lib qoladi. Hakam sifatida erishish mumkin bo'lgan eng yuksak narsa – o'yinchilar tomonidan hurmatga sazovor bo'lish. Kollinani barcha hurmat qilardi. U o'yinchilar bilan muloqot qilib, o'zini juda yaxshi tutardi.

– “CHelsi” va “Barselona” o'rtasidagi o'sha bellashuvdan 8 yil o'tdi. Sizda tushuntirish bormi: bu nima bo'lgandi?

– Aytish qiyin. Gap asablarda emasdi, o'yindan avval deyarli asabiylashmagandim. SHunchaki bir necha noto'g'ri qarorlarni qabul qilgandim. Poziciyalarni noto'g'ri egallagandim. Bunday holat ro'y beradi. Bu juda muhim o'yin edi va o'sha kuni nima o'xshamasligi mumkin bo'lsa, hammasi sodir bo'lgandi. SHunchaki mening oqshomim emasdi. Ballak va Drogba atrofimda sakraganda qo'rqinchli tuyulganmi? Yo'q, hech narsa haqida o'ylamagandim. Faqat uchrashuvga etibor berishga harakat qildim. Har bir hakamda bahsli qaror va vaziyatlar bo'lishi tushunarli hol. Bunday holatlarda eng muhimi – o'yinga etibor qilib, ishingni bajarishda davom etish. SHu sababli o'zimni imkon boricha oddiy tutishga va xotirjam ko'rinishga uringanman.

“CHelsi” tarafdan men olti yoki etti penalti belgilamaganimni aytishgan. Bunchalik emasdir, lekin kam bo'lmagan xatolar qildim va bunga shubham yo'q. Bellashuvdan keyin yordamchilarim bilan gaplashdik, vaziyatlarni muhokama qilishga urindik. Lekin bunday vaziyatda muhimi tajribali hakam ekaningni bilish, faoliyatingda ko'plab yaxshi o'yinlar turganini anglashdir. Oldinga intilishda davom etish kerak. Uchrashuvdan keyin tezroq maydonga qaytib, boshqa bahsni boshqarishni istagandim.

O'sha tunda qancha xabar olgansiz?

– Ko'p, juda ko'p. Hamkasblarim, qarindoshlarim, jurnalistlar yozgandi. Eng ko'p xabar muxlislardan kelgan. Ular g'azabda edi. Bunda hech narsa qila olmaysan. Xotirjamlikni saqlab qolish lozim. O'sha tunni shahardagi mehmonxonada o'tkazdim va tongda uyga uchib ketdim.

Uyda qanday kutib olishgan?

– Rafiqam, bolalarim va do'stlarim iloji boricha qo'llab-quvvatlashgan. Futbol – muhim narsa, ammo olamning tugashi emas. Ular buni tushunib, hayotimni yaxshiroq ko'rinishga keltirishdi.

Ko'pchilik haligacha “Barselona”dan pora olganingizga ishonadi.

– Albatta, bunday gaplar qaerdan tarqalishini yaxshi tushunaman, hayratlanarli narsa yo'q. Yo'q, “Barselona”dan hech qanday pul olmaganman. O'yinga hamisha uni xatosiz boshqarish istagi bilan tushaman va o'sha kuni ham shunday bo'lgandi. “Barselona” menga to'lamagan. SHunchaki men etarli darajada yaxshi bo'lmaganman.

CHempionlar ligasi kabi turnirda kelishilgan o'yinlar bormi?

– O'ylashimcha, ko'proq imkonsiz. 1970 yoki 80-yillarda hakamlarni bu darajada sotib olish mumkin edi, ammo bugun emas. Barcha uchun gapira olmayman, ammo buning ehtimoli juda kam.

Sizga qachondir pul taklif qilishganmi?

– Yo'q, hech qachon. Menimcha, Norvegiyada bunday holat hech qachon yuz bermaydi – avval ham, hozir ham, quyi yoki yuqori ligada ham. Bu bizning madaniyatda yo'q. Xalqaro darajada bir hamkasbimga pul taklif qilishgan vaziyatga tushgan. Lekin bu 90-yillarda ro'y bergandi.

Hozir nima bilan bandsiz?

– Oslo universitetida ruhshunos bo'lib ishlayapman, tajriba katta emas. SHuningdek, Norvegiya olimpiya terma jamoasi bilan hamkorlik qilyapman. Futbolda tajriba asqotadi degan umiddaman – bosim, muvaffaqiyat va boy berish nimaligini bilaman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика