So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  6 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Tom Evrebe: Barsadan pora olmagandim Yangiliklar

Tom Evrebe: Barsadan pora olmagandim

Rossiyalik qiziquvchan hamkasblarimiz bundan 8 yil avval Evropa CHempionlar Ligasi yarim finali doirasida o'tkazilgan CHelsi-Barselona qarama-qarshiligini yodga olishdi.

To'g'rirog'i, mazkur o'yinni boshqargan va shubhali qarorlari uchun uzoq vaqt malomatda qolgan norvegiyalik sobiq hakam Tom Evrebe bilan bafurja suhbatlashishdi. Xo'sh, norvegiyalik referi faoliyati davomidagi eng bahsli o'yinlardan birini qanday eslaydi?

2009 yilning bahori. Ajoyib oqshomlardan biri norvegiyalik taqirbosh hakam Tom Xenning Evrebening futbol tarixida qolishi uchun etarli bo'ldi. Zero, u shu kuni ECHL yarim finalidan o'rin olgan CHelsi-Barselona (javob uchrashuvi) o'yinini boshqarib, bir qator yaqqol xatolarga yo'l qo'ydi. Evrebe aslida ispanlar darvozasi tomon kamida 3 yoki 4ta penalti belgilashi lozim edi. Biroq bunday qilishga botinolmadi. Oqibatda Ballak va Drogba kabi CHelsi etakchilari shu qadar g'azablanishdiki, uchrashuvdan so'ng hakamning sog'-omon qolganini bemalol mo'jizaga qiyoslash mumkin. CHunonchi, qaysidir lahzalarda CHelsi futbolchilari uni Stemford Brijning o'zida g'ajib tashlashga tayyordek ko'rinishgandi. O'yinning so'nggi daqiqalarida esa  Andres Inesta o'ta muhim gol urib, yakuniy hisob 1:1 ko'rinish olishini taminladi va Barselona bir amallab, finalga yo'l oldi. SHarmanda! Rasvogarchilik, - deb qichqirdi bellashuvdan so'ng asablarini jilovlay olmagan Drogba. Barsa hakamni sotib olibdi, - dedi muxbirlarga Bosingva. Tabiiyki, uchrashuv yakunlanganidan keyin Tom londonlik policiyachilar qurshovida mahalliy mehmonxonaga etib oldi. U erda esa hakamni internet va SMS-xabarlar orqali yo'llangan millionlab tahdidli maktublar kutayotgandi. Futbol ishqibozlari Evrebe shubhasiz, o'lishi kerak qabilida dag'dag'a qilishgani uchunmi, Oslo policiyasi maxsus tergov boshladi. Paddy Power bukmekerlik idorasi esa Barselonaga qarshi o'yinda kim CHelsi g'alabasiga pul tikkan bo'lsa, ularni qaytarib berishini elon qildi. Xullas, Stemford Brijdagi o'sha mashum bahsdan bir yil o'tib, Tom xalqaro faoliyatini tugatdi. Inchunin, unga yo'llangan tahdidli maktublar keti uzilmayotgandi. Yana 3 yildan so'ng esa, Evrebe futbol bilan batamom xayrlashishga majbur bo'ldi.

- Malumotlarga ko'ra, hakamlikka juda erta kirib kelgan ekansiz. Bu qanday ro'y bergandi?


- Ha, chindan ham, Norvegiya oliy ligasida ilk marta 1992 yili rasmiy o'yinni boshqarganman va o'shanda endigina 26 yoshga to'lgandim. Professional hakamlikdagi faoliyatni esa 21 yoshda boshlaganman. Yani 1987 yili maydonga birinchi marta hushtak ushlab tushgandim. Bilasizmi, aslida bolalik chog'lari o'rtoqlarim qatori doimo futbol o'ynardim. Lekin taxminan 13 yoshimda hakamlikka qiziqib qoldim va shu bo'yi havaskor jamoalar uchrashuvlarini boshqarishga tushdim. Muhimi, bu o'zimga juda yoqardi. Keyinchalik universitetga o'qishga kirib, psixologiya yo'nalishida talim oldim. Lekin futbol va hakamlikni tashlab qo'yganim yo'q. SHubhasiz, dastlabki paytlar rosa qiynalganman. CHunki 16 yoshimda o'zimdan katta futbolchilar harakatlarini boshqarardim. Tabiiyki, bu ularning aksariyatiga yoqmasdi. SHuningdek, futbolchilar mushtlashib ketishsa, nima qilishni bilmay qolardim. Axir deyarli barcha o'yinchilar jismoniy jihatdan mendan ancha bo'ydor va baquvvat bo'lishgan. 26 yoshimda esa 10 yillik ish tajribasiga ega hakam sifatida oliy ligaga kirib keldim. Eng muhimi, bu payt futbolchilar orasida yo'qolib qolmasdim - o'zimdan kattalarni ham xotirjamlik bilan tartibga chaqira oladigan darajaga chiqqandim.

- Qiziq, 13 yoshli bolakay nega endi aynan hakamlikni tanladi? Axir bu futboldagi eng yoqimsiz vazifalardan-ku?!


- Boshqalar uchun emas, faqat o'zimgagina javob berganim maqul. SHaxsan kaminaga hakamlikning nozik taraflari yoqadi. Deylik, bu ishda omad va omadsizlikning orasi juda yaqin. Sen qaysidir uchrashuvning 89 daqiqasida aniq va saviyali ishlaysan, ammo eng so'nggi lahzalarda xatoga yo'l qo'yasan. Tamom - endi seni hamma yomon ko'radi. Qanchalik qiziqarli tuyulmasin, xuddi shu omil meni o'ziga tortardi. To'g'ri, hakamlikning yana bir qator qiziqarli taraflari bor. Masalan, bu faoliyat ortidan dunyo kezasan, turli stadionlarni ko'rasan... Ammo men uchun eng muhimi - katta futbolning bir qismi ekanimni anglash. Sen boshqargan o'yin to'xtalishlarsiz, muammolarsiz o'tsa, shunday bir ichki qoniqishni his qilasanki, buni hech narsaga qiyoslab bo'lmaydi. Mening maydonda o'z qoidam bor - futbolchilarga kim ustun ekanini ko'rsatish emas, ularning o'yindan rohat olishlariga imkon berish.

- Aytingchi, futbolchilar orasida do'stlaringiz ham bormi?


- Hakamning o'yinchilar bilan do'stlashishi yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin. Albatta, har hafta bir guruh odamlarni ko'raversang, ularni tanib qolasan. Lekin futbolchilarga do'st emas, hamkasb sifatida qarashga odatlanganman.

- Sir emaski, aksariyat hakamlar matbuotdan o'zlarini olib qochishadi, qarorlariga izoh beraverishmaydi. Sizningcha, bu yaxshimi yoki yomon?


- Bilasizmi, Norvegiyada hakamlar jurnalistlarga istalgan payt javob qaytarib,  o'yindagi qarorlari haqida fikr bildirishlari mumkin. O'ylashimcha, bu to'g'ri yondashuv. Bazida shunday holatlar ham bo'ladiki, sen o'yindan keyinoq qaysidir futbolchi bilan gaplashib, aytaylik, penalti belgilab, xato qilganingni tan olasan. Bu o'sha o'yinning qaysi mamlakatda, qayday sharoitda va qaysi futbolchilar ishtirokida o'tganiga bog'liq. Albatta, penalti belgilagan vaqtdayoq xatoni tan olish yaramaydi. Lekin agar chindan ham, adashgan bo'lsang, o'yindan so'ng jabrlangan futbolchilardan uzr so'rashing lozim. Bunday holatda deyarli barcha o'yinchilar bosh hakamni to'g'ri tushunishadi.

- O'yin vaqtida futbolchilar bilan muloqot qilish masalasiga qanday qaraysiz?


- Bu ham muayyan vaziyatga bog'liq. Masalan, maydonda Norvegiya yoki Angliyaning 2ta jamoasi kurashayotgan bo'lsa, futbolchilar bilan gaplashish mumkin. Lekin jamoalardan biri Angliya, ikkinchisi esa Ita-liyadan bo'lsayu, sen italyanchani bilmasang, yaxshisi, o'yinni jimgina boshqarganing maqul. Boshqacha aytsak, hakam maydonda barcha bilan gaplashishi yoxud hech kim bilan gaplashmasligi kerak. Aks holda, muammolar yuzaga keladi. Biroq menga futbolchilar bilan gaplashish yoqardi va buni ochiq tan olaman. Misol uchun, Klarens Zeedorf juda odamoxun, doim jilmayib turadigan xushchaqchaq yigit edi. SHuningdek, Rossiya termasi sobiq ustozi Gus Xiddink ham muomalani joyiga qo'yardi. Aytgancha, men uchun noxushlik bilan tugagan o'sha o'yin vaqti CHelsining ustozi aynan Xiddink edi. Afsus...

- Xalqaro faoliyatingizni juda erta, 2010 yili tugatishga qaror qildingiz. Nega?


- Meni negadir 2010 yili JARda o'tgan mundialga boradigan hakamlar tarkibiga kiritishmadi. Vaholanki, nomzodlar ro'yxatida bor edim. SHundan so'ng hafsalam pir bo'lib, katta o'yinlardan o'zimni tortdim. 2012 yili Evropa chempionatida ishlashim mumkin edi. Biroq buni o'zim xohlamadim. CHunki ancha keksayib qolgandim. SHundan so'ng avvaliga faqat Norvegiyada, ichki musobaqalarda ishladim. Oradan 2 yil o'tgach, jarohatlandim va shunda futboldagi davrim tugaganini aniq tushunib etdim. Ha, hushtak bilan butunlay xayrlashish masalasida bir to'xtamga kelishda rosa qiynaldim. Sababi, hisoblab chiqsam, qariyb 30 yil hakamlik qilibman. Bu davrda esda qolarli yoqimli hodisalar ko'p bo'ldi - Evropa chempionati, ECHL va Norvegiya kubogi finalida ishladim, kasbim ortidan Rossiya, Albaniya, Finlyandiya, Italiya kabi bir qator go'zal mamlakatlarda bo'lib, yaxshi odamlar bilan tanishdim, suhbatlashdim. Ayniqsa, dastlabki 2 hafta davomida vaqt o'tishi juda qiyin bo'ldi, lekin shundan keyin fikrimni jamlab, o'zimni bosib oldim. Mana, hayot davom etmoqda. To'g'ri, bazida futbol o'yinlarini tomosha qilayotib, stadiondagi muhit, uchrashuv arafasidagi kuchli hayajonni qo'msayman.

- Sizningcha, tarix va hozirgi davrning eng kuchli hakami kim?


- Tarixdagi eng yaxshi hakam - shubhasiz, Kollina. Ayni payt esa bir qator etakchi referilar bor. Ular sirasiga  turkiyalik jiddiy yigit (Junayt CHaqir nazarda tutilyapti), janob Klattenburg, germaniyalik bir necha hamkasblarimni kiritishim mumkin. Ammo har qanday holatda ham, men uchun eng zo'r hakam - bu Kollina. CHunonchi, referi uchun eng qadrli sifat - futbolchilar hurmati. Kollinani esa barcha hurmat qilardi.

- CHelsi va Barselona o'rtasidagi o'sha noxush o'yindan keyin mana, 8 yil o'tibdi. Balki bugun o'sha uchrashuvga kengroq izoh berarsiz: o'zi nima bo'lgandi?


- Nima ro'y berganini tushuntirib berishim qiyin... SHunisi aniq - o'sha holat asablarga bog'liq emas. Negaki, kechagidek esimda, o'yindan oldin umuman hayajonlangan emasdim. Tan olaman, bir nechta qo'pol xatolarga yo'l qo'ydim. Bunga noto'g'ri poziciya tanlaganim sabab. SHunaqasi uchrab turadi. O'ylashimcha, o'sha kuni mendan shunchaki, omad yuz o'girdi. Hattoki, Ballak va Drogba menga tashlanishgan payt ham nimadandir cho'chimagandim. Aksincha, diqqatni bir joyga jamlashga urindim. O'shanda CHelsi vakillari oshirib yuborishdi. Nima emish, ularning foydalariga kamida 7ta penalti bermagan ekanman. Ha,  o'yin davomida xatolar kuzatildi, buni tan olaman, lekin bu darajada emas. Uchrashuvdan so'ng yordamchilarim bilan vaziyatlarni tahlil qilib, qaerda noto'g'ri yo'l tutganimizni aniqlashga urindik. Umuman, o'shanda darhol yana biror muhim o'yinni boshqargim kelgandi. Negaki, o'zimga ishonchni qaytarishim zarur edi.

- O'sha oqshom nechta SMS-xabar olganingiz esingizdami?

- Ko'p, juda ko'p. Hamkasblarim, yaqinlarim va jurnalistlardan ko'plab xabarlar keldi. Lekin eng ko'pi muxlislardan edi va ular tahdid ruhida bitilgandi. Ochig'i, tun qanday o'tganini bilmayman. Xayriyatki, ertalab samolyotga o'tirib, uyga etib keldim.

- Qiziq, Norvegiyada sizni qanday qarshi olishdi?


- Rafiqam, farzandlarim, do'stlarim qo'llaridan kelganicha tasalli berishdi. Futbol muhim o'ringa ega, albatta, lekin u butun hayot emas, harqalay.

- Haligacha CHelsining ko'plab ishqibozlari sizni Barselonadan pora olganlikda ayblashadi...


- Albatta, bu  tabiiy hol. Ularning o'rinlarida men ham ehtimol, xuddi shunday fikrga borarmidim... Lekin vijdonim oldida aybdor emasman: Barsadan bir chaqa ham olmaganman! O'yinlarni doimo yorug' yuz bilan hushtak chalib, boshlaganman. Faqat o'sha kuni omadsizlikka uchradim. Bu erda Barselonaning ham aybi yo'q. SHunchaki, men o'z saviyamda ishlay olmagandim.

- Ochig'ini ayting, o'zi sizga biror marta pora taklif qilishganmi?


- Yo'q, hech qachon. Deylik, Norvegiyada bunday ishlarga sira yo'l qo'-yilmaydi - oldin ham, hozir ham, quyi ligada ham, oliy ligada ham bunaqasi kuzatilmagan. CHunki bunday ifloslik milliy madaniyatimizga mutlaqo yot.

- Ayni payt qanday yumushlar bilan bandsiz?


- Osloda ruhshunoslik bilan shug'ullanyapman - malum darajada mijozlarim bor. Bundan tashqari, Norvegiya olimpiya termasi bilan hamkorlik qilyapman. O'ylashimcha, futboldagi faoliyatim davomida orttirilgan tajriba bugun qo'l kelmoqda. CHunonchi, bosim, muvaffaqiyat va omadsizlik nima ekanligini yaxshi bilaman. Boshidan o'tgan tabib, deb bejiz aytishmagan, har holda.

I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика