Tolgay Arslan: "Jamoamiz shanini qayta tiklamoqchimiz"
14 dek 2013 17:14
Yangiliklar

Tolgay Arslan: "Jamoamiz shanini qayta tiklamoqchimiz"
Bugun Germaniya bundesligasida navbatdagi 16 tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Ushbu tur doirasidan o'rin olgan bahslar orasida eng qiziq kechishi kutilayotgan bahslardan biri Myunxenda - Allianc Arenada bo'lib o'tadi. Unda "Bavariya" va "Gamburg" jamoalari o'zaro bahs yuritishadi.
Esingizda bo'lsa, bu ikki jamoaning o'tgan mavsumdagi to'qnashuvi 9:2 ! hisobida Myunxenliklar g'alabasi bilan yakuniga etgan edi. Bugungi uchrashuvda "Gamburg" futbolchilari, aynan, o'tgan safargi sharmandali mag'lubiyat alamini olish nayatidalar. Bu haqida "Gamburg" etakchilaridan biri Tolgay Arslan aytib o'tdi.
- Myunxendagi bahsda bizning yo'qotadigan narsamiz yo'q, deb o'ylaganlar qattiq adashishadi. Boisi biz o'z shanimizni qayta tiklash uchun "jang qilamiz". Myunxenga aynan shu maqsadda keldik.
To'g'ri, "Bavariya" – juda kuchli klub. Buni yaxshi tushunib turibmiz. Ammo biz,aynan, shu klubga qarshi bahsda o'zimizni ko'rsatib, jamoamiz shanini qayta tiklamoqchimiz. O'ylaymanki, biz buni uddalay olamiz, - dedi Arslan.

Fikrlar