So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

To'labek Akramov: "Lokomotiv"ga Angliyadan futbolchi kelishi mumkin" Yangiliklar

To'labek Akramov: "Lokomotiv"ga Angliyadan futbolchi kelishi mumkin"

Malumki, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Angliya birinchi divizionida ishtirok etayotgan “Flitvud Taun” klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan edi.

Ushbu hamkorlik samarasi o'laroq “Lokomotiv” yoshlar jamoasining ikki nafar futbolchisi Angliya klubiga taklif etildi. Darvozabon Rustam Nortojiev va himoyachi Sergey Proxorov “Lokomotiv” klubi vakillari bilan birgalikda Tumanli Albionga etib borishdi va futbolchilar o'z malakalarini oshirishni boshlashdi. Safar chog'ida “Lokomotiv” klubi rasmiy vakillari “Flitvud Taun” rahbarlari va murabbiylari bilan uchrashishdi. Rejaga ko'ra, har ikki futbolchi 3 oy mobaynida ingliz klubi safida o'z tajribalarini oshirishadi. Safarning ikiknchi kuni yosh futbolchilarni kichik tanishtiruv marosimi ham tashkil etildi. Rustam Nortojiev 45, Sergey Proxorov esa 42-raqamli futbolkani qabul qilib oldi. Biz mazkur safar taassurotlari yuzasidan “Lokomotiv” klubi direktori o'rinbosari To'labek Akramov bilan uchrashib, undan eksklyuziv intervyu oldik.

- Yodingizda bo'lsa, “Flitvud Taun” boshqaruv rahbarlari Toshkentga kelishgan va tashrif chog'ida “Lokomotiv” klubi bilan yaqindan tanishishgan edi, - deya so'z boshladi T.Akramov. - Kelishuvga binoan o'sha paytda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilib, angliyalik hamkorlarimiz ikki nafar tarbiyalanuvchimizni ajratib olishgandi. Aynan shu ikki futbolchimiz ularning o'yin uslubiga mos kelishi aytilgan edi. Rejaga binoan o'tgan hafta Angliyada bo'lib qaytdik. Biz bilan birga “Flitvud Taun”ga taklif etilgan futbolchilarimiz Rustam Nortojiev va Sergey Proxorov ham Tumanli Albionga borishdi. London shahrida bizni klub vakillari kutib olishdi. U erdan Blekpul shahriga etib oldik. “Flitvud Taun” klubi aynan shu shahar sharafini himoya qiladi. Londondan Blekpulgacha mashinada yana 4 soatlik yo'l ekan. Bizni mehmonxonaga, futbolchilarimizni jamoa bazasiga joylashtirishdi. Blekpul juda chiroyli va mo'jazgina shahar bo'lib, uning aholisi tom manoda futbol bilan yashar ekan. Har qadamdagi kafe va barlarda odamlar futbol o'yinlarini tomosha qilayotganliklariga guvoh bo'ldik. Farqi yo'q, eski o'yinlarni ham miriqib ko'rishyapti. Bu shahar aholisining birinchi raqamli sport turi, aytish mumkin bo'lsa ovunchog'i futbol ekanligini ko'rsatib turibdi. Safarimizning ikkinchi kuni klub bazasida futbolchilarimizning rasmiy taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Hozircha bizning tarbiyalanuvchilar “Flitvut Taun”ning asosiy jamoasida o'ynay olishmaydi. Alohida 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tarkib topgan jamoasi bor ekan. Bu xuddi bizdagi o'rinbosarlar jamoasidek gap. SHu klub safida o'ynab turishadi. 21 yoshga to'lganlaridan keyin, agar haqiqatan ham asosiy tarkibda o'ynashga munosib bo'lishsa, ularni birinchi jamoaga o'tkazishadi. 


- “Flitvut Taun” klubi bazasi qanday taassurot qoldirdi?
- Asosiy jamoa va o'rinbosarlarning bazasi bir joyda joylashgan ekan. Asosan mahalliy futbolchilar klub sharafini himoya qilishadi. O'yinchilar mashg'ulotga kelib ketishadi. Faqat bir nafardan franciya va bir serbiyalik legionerlar bo'lib, ular bazada yashashadi. Bizning futbolchilar bilan legionerlar soni 4 nafarga etdi. Bizga aytishlaricha, “Flitvut Taun”da legionerlar bo'yicha yangi sahifa ochilibdi. SHu paytgacha hali bir davlatdan ikki nafar legioner futbolchi jamoaga taklif etilmagan ekan.

- Franciya va serbiyalik futbolchilar ham xuddi “Lokomotiv” bilan bo'lganidek, o'zaro hamkorlik natijasida jamoaga taklif etilgan futbolchilarmi?
- Yo'q. Serbiya va franciyalik futbolchilar jamoa o'yinini kuchaytirish uchun taklif etilgan. “Flitvun Taun” kelajagini o'ylab rasman amalga oshirilgan transferlar natijasi. Angliyalik skautlar bilan gaplashganimizda, ular o'zbekistonlik 10 nafar istedodli futbolchidan kamida 2 nafari bemalol Angliya chempionshipida o'ynab keta olishini aytishdi. Ammo bitta lekini bor, u ham bo'lsa terma jamoamizning FIFA reytingidagi o'rni. Angliya reglamentiga binoan terma jamoasi FIFA reytingida TOP-50talikdan joy olmagan mamlakat futbolchilarini ingliz klublari chempionat uchun ro'yxatdan o'tkaza olishmaydi. Biz gaplashgan ingliz skautlari aynan shuning hisobiga o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqish deyarli yo'q ekanligini aytishdi. Messi yoki Ronaldudan kuchli bo'lgan taqdirda ham mamlakati TOP-50talikka kirmasa Angliya klublari o'sha futbolchilarni harid qila olishmaydi.

- Bu holatda “Lokomotiv”dan “Flitvut Taun” safiga qo'shilgan futbolchilarning taqdiri nima bo'ladi?
- O'zbekistonda Yoshlar ligasi deb nomlangan chempionatda oliy liga klublarining o'rinbosarlari o'ynashadi. Angliyada rasman bunday musobaqa yo'q. O'rinbosarlar jamoalari o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi. Lekin asosiy jamoa bir oyda 4ta uchrashuv o'tkazsa, o'rinbosarlar jamoasi ham aynan shuncha o'yinda ishtirok etadi. Faqat birgina farqi o'rinbosarlar jamoasining ochkolari hisoblanmaydi. Bizning o'yinchilarni rasman o'rinbosarlar jamoasiga qabul qilishdi. SHu jamoa tarkibida o'z mahoratlarini oshirib borishadi. Ular shu kunlarda “Liverpul”, “Everton”, “Manchester Yunayted” va “CHelsi” jamoalariga qarshi o'yin o'tkazishadi. “Blekbern” bilan o'yinga tiklanib, aniqrog'i moslashib ulgurishmadi. Aks holda “Blekbern”ga qarish uchrashuvda futbolchilarimiz o'z debyutlarini nishonlashardi. SHunday bo'lsada, bizning ham, “Flitvut”dagilarning ham futbolchilarimizdan umidimiz katta. Har hafta bizga ikki futbolchimizning barcha ko'rsatkichlarini jo'natib turishadi. Toshkentda o'tirib, futbolchilarimiz qanday o'ynashyapti, jismoniy va funkcional holatlari qanday kabi barcha savollarga javob olishimiz mumkin. Yani o'yinchilarimiz haqida batafsil hisobotga ega bo'lib boramiz. Ular doimiy nazoratda bo'ladi. Mana shu 3 oylik sinov davomida “Flitvut Taun” murabbiylari futbolchilarimizda nimanidir sezishsa, ularni skaut va selekcionerlarga tavsiya qilib, Evropaning biror bir klubiga joylashtirishadi. “Flitvut” klubi bevosita Italiya, Franciya, Finlyandiya, Greciya, Belgiya, CHexiya, Gollandiya jamoalari bilan hamkorlik o'rnatgan. Aynan shu mamlakat jamoalariga ular futbolchilarni tavsiya qilib kelishadi. Keyin o'rinbosarlar o'rtasidagi o'yinlarni bevosita stadionning o'zida kamida 50 nafar skautlar kuzatib borishar ekan. Bizning hamkorlarimiz Angliya klubida biryo'la ikki o'zbek futbolchisining paydo bo'lgani skautlarda katta qiziqish uyg'otishi aniq ekanligini aytishdi. O'yinchilarimizni boshqa klublarga o'tkazishmagan taqdirlarida ham kelishuvni yana 3 oyga uzaytirib, imkoniyat berishga vada berishdi. 


- Jamoa mashg'ulotlarini kuzatdingizmi? Bizning mashg'ulotlarimizdan farq qilyaptimi?
- Xatto o'rinbosarlar jamoasining mashg'uloti ham kuniga ikki mahaldan o'tkazilar ekan. Bizda faqat ayrim etakchi klublarimiz ikki mahal mashg'ulot o'tkazishi mumkin. Deyarli 70 foiz jamoalarimiz bir mahal mashg'ulot bilan cheklanishadi. Mashg'ulotlarning farqi ham katta. Asosan atletizm, jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratiladi. Angliya futboli tez, 90 daqiqa bir meyorda o'ynash talab etiladi. O'rinbosarlar jamoasida 19, 20 va 21 yoshli futbolchilar o'ynashi mumkin. 19 yoshgacha bo'lganlarning alohida musobaqasi bor. O'rinbosarlar jamoasi o'yinlari bir haftada bir marta, uy-safar tizimida o'tkaziladi.

- “Lokomotiv” futbolchilarining Angliyadagi 3 oylik faoliyati harajatlari qaysi klub zimmasida bo'ladi?
- Angliyadagi barcha harajatlar - yashash, eb-ichish, avtotransport “Flitvut Taun” klubi zimmasida. U erga borish harajatlarini o'zimiz ko'tardik. Bu hamkorlikka faqat bir tomon qiziqish bildirmayapti. “Flitvut” klubi rahbarlari ham bu hamkorlikdan manfaatdordirlar. Ikkala jamoa ham kelajak uchun ishlashyapti. Bu ilk qadamlar, oldinda ulkan rejalarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Masalan, “Flitvut Taun”ning istedodli yosh futbolchilarining birini “Lokomotiv”ga olib kelish niyatimiz bor. Bilasizmi, butun Angliyada futbol bilan shug'ullanishni boshlagan bolalarning faqat 2 foizigina professional futbolchi bo'lib etishar ekan. Qolganlari asosan quyi ligalarda qolib ketishadi. SHularni inobatga olgan holda biz “Flitvud” rahbar va murabbiylariga futbolchilarini O'zbekiston orqali Osiyoga chiqarish taklifini berdik. O'zlari ham bu taklifga qiziqib qolishdi. BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi Osiyo davlatlari klublari xorijlik futbolchilarga yaxshigina haq to'lashadi. SHu orqali ham pul ishlasa bo'ladi.

- O'zingiz bevosita “Flitvut” misolida Evropada futbolga qaratilayotgan etiborni ko'rdingiz. Endi shu ko'rganlarlaringizni “Lokomotiv” jamoasida ham amalga oshirish, tadbiq etishni maqsad qildingizmi?
- Buning uchun juda ko'p narsa qilish kerak emas, deb o'ylayman. Bizda istedodlar, jamoamizning o'z bazasi bor. Faqat maydonlar etishmaydi. Bugungi kundagi eng katta muammo turli yosh toifasidagi guruhlarimiz uchun maydonlarning etishmasligi. Taqqoslash uchun, birinchi divizionda ishtirok etayotgan o'rtamiyona “Flitvut” klubining 19ta standart holatdagi maydoni bor. Bazaning o'zida shunday maydon. Ochig'ini aytaman, eng oddiy gazon qoplamasini sifatiga ishonmaganimdan qo'lim bilan ushlab ko'rdim. Eng yaxshilarini gapirmasa ham bo'ladi. Xuddi bilyard stoliga o'xshaydi. Bu maydonlarda bolalar o'ynashadi. Asosiy jamoa uchun mo'ljallangan maydonlar haqida hali gap ochganim yo'q. Qishda ham, yozda ham bir xilda bo'lib turadi. Maydonlarimiz sonini ko'paytirsak, ulardan aytarli kam joyimiz yo'q. Hozir shunga etibor qaratyapmiz.

- Ana shu maydonlarga ega akademiya bunyod etish rejasi bormi?
- Albatta. Bu amalga oshirishimiz kerak bo'lgan eng katta loyihamiz hisoblanadi. Bu bo'yicha ham ishlar ketyapti. Busiz iloji yo'q. Boisi, akademiya bu - klub boyligi. 


- Asosiy masalalardan yana biri bu - marketing. Bu yo'nalishda qanday ishlar olib bormoqchisizlar?
- Haqiqatan ham marketing xizmatining sportda, xususan futbolda tutgan o'rni va ahamiyati juda ham yuqori. Men yana “Flitvud” misolida gapiraman. Bu jamoa taqqoslaganda, Angliyada O'zbekiston 2-ligasida o'ynayotgan bir klub. Lekin shu jamoa birgina televideniyaning o'zidan yiliga 100 ming funt sterling ulush oladi. Har bir o'yinga 30-40 betlik “programka” chiqaradi. Bu jurnal ko'rinishidagi o'yin haqidagi malumotlardan iborat to'plab 3 funtdan sotiladi. Futbol ishqibozlari navbatga turib, shu “programka”larni harid qilishadi. Hamma beti rangli bo'lib, uning ichida reklamalar juda ham ko'p. Keyin stadion atrofida kattagina yoyma bozor bo'lib, bu klubning o'ziga tegishli. Bu bozorda o'sha klubga tegishli bo'lgan atributkalarning savdosiga yo'lga qo'yilgan. Har bir klubning o'z muzeyi bor va unga kirish ham pulli. CHiptalar va yillik abonomentlarning o'zidan yaxshigina foyda qilishar ekan. CHiptalarni bir hafta avval olmasangiz, o'yinga kira olmay qolib ketishingiz aniq. SIP va VIP chiptalarga yuqorida aytgan 3 funtlik “programka”larni qo'shib berishadi. Keyin shuning ichida bepulga engil tamaddi qilishingiz mumkin. Bu yillik chiptalar 1000 dollar turadi. Biz safar chog'ida birinchi divizion doirasidagi “Uigan Atletik” - “Flitvut Taun” uchrashuvini bevosita stadionning ko'rdik. Yigirma ming muxlis o'yinni stadiondan kuzatib bordi. Bu markaziy uchrashuv emas, o'rtamiyona jamoalar ishtirokidagi oddiy tur o'yini. Ikkala jamoa ham turnir jadvalida yonma-yon ketyapti. “Uigan” 9-o'rinni egallab turibdi. Juda ham chiroyli o'yinga guvoh bo'ldik. “Uigan” bir necha yil premer-ligada o'ynagan, bu borada tajribasi katta. Uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. 


Keyin “Liverpul” - “Norvich” o'yinini “Enfild Roud” stadionida tomosha qildik. Endi bu erda umuman boshqacha muhit. Qir besh ming muxlis o'yinni bevosita stadiondan kuzatdi. “Liverpul” shu o'yinda g'alaba qozona olmagan bo'lsa ham, muxlislar 90 daqiqa tinmay qo'shiq kuylashdi. Ana muxlislik madaniyati! Bizda ham yomon emas. Lekin men oila azolarim bilan chempionatimiz o'yinlariga bora olmayman. Hakam yoki futbolchilarni haqoratlab, so'kinib o'tirishadi. Angliyada bunday narsa yo'q. Futbolchi xato qilsa ham qarsaklar bilan olqishlab qo'yishadi. Raqib jamoa o'yinchisi chiroyli harakat qilsa yoki gol kiritsa, unga tan berish manosida qarsak chalishadi. O'sha futbolchi uyalganidan ham keyin xato qilmaslikka, chiroyli o'ynashga harakat qiladi. O'zi futbol kim uchun, albatta muxlislar uchun o'ynaladi. Muxlislar ham stadionga xuddi teatrga borgandek borishadi. Keyin etiborimni tortgan yana bir jihat shundaki, VIP va SIP lojalarga faqat kostyum-shim va galstukda kirish mumkin. Qo'lingizda 10 ming dollarlik chiptangiz bo'lsayu, kiyimingiz talab darajasida bo'lmasa, sizni stadionga kiritishmaydi. Bu qoida hamma uchun bir xil. Klub rasmiylari ham xuddi shunday libosda yurishlari shart. Aks holda ularni ham stadionga qo'yishmaydi. Bir muxlis bilan stadionda yonma-yon o'tirib qoldik. Mahalliy muxlis emasligimizni bilib, bizni so'roqqa tutdi.

Ishonasizmi, shu ishqiboz 7 yoshli o'g'li bilan Norvegiyadan “Liverpul” klubining har bir uy uchrashuviga kelib ketar ekan. O'g'li “Liverpul” jamoasining ashaddiy ishqibozi bo'lib, keyinchalik o'zi ham shu ingliz klubiga muxlis bo'lib ketgan ekan. CHiptani onlayn tizimda Norvegiyaning o'zidan buyurtma qilarkan. Matbuotda o'qirdim, televizorda ko'rardim, mana endi shaxsan o'zim shunga guvoh bo'lib keldim. Rostan ham Evropada futbol sanat darajasiga ko'tarilgan. Bu qitada futbol ancha ilgarilab ketgan.  

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика