So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  6 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Tojikistonning "Istiqlol" klubi hakamning xatosi tufayli OCHLni tark etdi Yangiliklar

Tojikistonning "Istiqlol" klubi hakamning xatosi tufayli OCHLni tark etdi

Kecha, 28 yanvar kuni Osiyo CHempionlar ligasi pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Toshkentning "Lokomotiv" klubini mag'lub etgan "Istiqlol" guruh bosqichiga olib chiquvchi bahsda Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi mehmoni bo'ldi. Qo'shnilarimiz saudiyaliklarga qarshi uchrashuvda raqiblariga munosib qarshilik ko'rsatib, 90-daqiqagacha hisobni 0:0 ko'rinishida saqlashga erishishdi. Ammo asosiy vaqtning oxirida hakam tomonidan belgilangan shubhali penalti Tojikiston klubini OCHLni tark etishga majbur qildi. O'yinni boshqargan tailandlik arbitr Sivakorn Pu-Udomning qarori uchrashuv taqdirini hal qildi.


PENALTI BORMIDI?

O'sha vaziyatda haqiqatdan ham fol bor yoki yo'qligini aniqlash uchun lavhani bir necha bor takroran ko'rish lozim. 89-daqiqa boshlandi. Belayli standartdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi.

To'p jonli devordagi futbolchining oyog'iga tegib, odam bo'yi balandlikka ko'tarildi, "Istiqlol" himoyachisi Viktor Svejov esa uni qaytarishga harakat qildi. To'p yanada teparoqqa ko'tarildi va ikki jamoa vakillari jarima maydonchasida to'g'ri joy tanlash uchun kurashni boshlashdi. Svejov to'p darvozabon tomonga tushayotganini payqadi va raqibi qaerdaligini ko'rib, uning harakatini cheklash uchun tanasi bilan raqib jamoa futbolchisi yo'lini to'sdi.



Ha, qo'l ham elka darajasida ko'tarildi, ammo ikki o'yinchi o'rtasidagi "kontakt"dan so'ng Hussayn Al-Mogavi yiqildi va qo'l yuziga tekkandek simulyaciyani boshladi. Hakam esa xushtagini chaldi va cho'ntagidan qizil kartochkani chiqarib, Viktor Svejovni chetlatdi va penalti belgiladi. Ammo bu vaziyat 90-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasi belgilashga arzimasdi. "Istiqlol" futbolchisining qo'liga etibor bering, u raqibining tomog'igacha etib bormagan va bu zarba emas edi. Svejovning harakatlari folga emas, shunchaki raqib yo'lini to'sishga, darvozabon to'pni ushlab olishi yoki urib yuborishi uchun etarlicha joy ochishga qaratilgandi. Boshqa uchrashuvlarga etibor qaratsangiz har o'yinda 3-4ta shunday vaziyat bo'ladi va odatda referilar bu yiqilishlarga reakciya qilmaydi.

To'g'ri, orqada turgan bosh hakam vaziyatni aniq ko'ra olmagan bo'lishi mumkin, biroq laynsmen hammasini ko'rib turgandi.


TAS-IX emas



Afsuski, OCHL saralash uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmaydi. OFK bu haqida jiddiy o'ylab ko'rishiga to'g'ri keladi.

Tojikistonlik futbolchilarning etirozlari bilan 2 daqiqa o'tdi, biroq referi qarorini o'zgartirmadi va Muhammad Yusuf Belayli 11 metrlik jarima zarbasidan gol urib, "Al-Ahli"ni OCHL guruh bosqichiga olib chiqdi. Hakamning xatosi bo'lmaganida uchrashuv boshqacha yakunlanishi mumkin edi. Bahsni qaytadan o'tkazib bo'lmaydi, "Istiqlol" bor etiborini OFK Kubogiga qaratadi. Qo'shnilarimizga ushbu turnirda omad tilaymiz.

Reyting: -66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика