Tojikistonlik himoyachi "Bunyodkor"ga qaytdi
17 fev 2021 12:35
Yangiliklar


Tojikistonlik himoyachi "Bunyodkor"ga qaytdi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi tarkibini yana bir himoyachi bilan kuchaytirdi.
O'tgan mavsum "Bunyodkor" jamoasi sharafini himoya qilgan tojikistonlik himoyachi Davronjon Ergashev yangi mavsumni ham poytaxt klubida boshlashi kutilmoqda. Futbolchi ayni paytda "qaldirg'ochlar"yig'inida va nazorat uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Malumot o'rnida takidlash joizki, himoyachi 2020 yilda Superligada 9ta uchrashuvda maydonga tushgan edi. "Bunyodkor" bunga qadar Sunnatilla Abdullajonov, Ravshan Yagudin, Sanjar Rashidov, Odiljon Abdurahmonov, Ibrohim Tomiva kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar