Tojikiston U-23 terma jamoasi Baxrayn bilan durang o'ynadi. "Navbahor" futbolchisidan dubl
07 sen 2021 10:20
Yangiliklar
Tojikiston U-23 terma jamoasi Baxrayn bilan durang o'ynadi. "Navbahor" futbolchisidan dubl
Uchrashuvda dastlab "Navbahor" futbolchisi Ehsoni Panshanbening ikki goli evaziga 2:0 hisobida oldinda borayotgan tojikistonliklar yakunda g'alabani saqlab qola olishmadi. Tojikistonning ikki goliga Bahrayn ham ikkita to'p bilan javob qaytardi. Yakuniy hisob 2:2. Malumot o'rnida aytish joiz, mazkur ikki terma jamoa o'rtasidagi dastlabki bahsda hisob ochilmagan edi, 0:0.
O'rtoqlik uchrashuvi.
Bahrayn U-23 - Tojikiston U-23 2:2
Gollar: Ehsoni Panshanbe (dubl)
Tojikiston U-23: Daler Azizov, SHoxrux Sangov (Isroil Idiev, 59), Naimjon Ibragimzoda, Alijon Karomatullozoda, Xuseyn Nurmatov (Abdulmo'min Zabirov, 77), Karomatullo Saidov, Sorbon Avgonov, Exsoni Panshanbe (s) (Emomali Ahmadxon,68), Daler Yodgorov (Xurshed Abdulloev, 59), SHaxrom Samiev (Muhammadali Azizboev,68) Nuriddin Xamroqulov.
Fikrlar