So’nggi yangiliklar

14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  2 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  3 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  5 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  2 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  40 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  7 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0

Tojikiston Superkubogida gol urgan o'zbekistonlik futbolchi o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Tojikiston Superkubogida gol urgan o'zbekistonlik futbolchi o'yindan so'ng nimalar dedi?

Tojikiston Superkubogi doirasidan o'rin olgan uchrashuvda "Istiqlol" va "Xo'jand" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Tengma-teng kurashlar ostida o'tgan bahsning ikkinchi daqiqasida xo'jandliklar hisobni ochishdi. Gol esa o'zbekistonlik futbolchi Sanjar Rixsiboev hisobiga yozildi. Afsuski, uning goli jamoasining g'alabasi uchun etarli bo'lmadi. Yakunda Dushanbe jamoasi sovrinni boshi uzra baland ko'tardi. Bellashuvdan keyin hamyurtimiz Sanjar Rixsiboev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun ikki jamoa uchun ham qiziqarli o'yin bo'ldi deb ayta olaman. 75-daqiqaga qadar g'alaba qozonib turgandik. Ikki daqiqada gol o'tkazib yuborib bahsni boy berish alamli bo'lsa kerak. Raqibimiz Tojikistonning eng kuchli jamoasi hisoblanardi. OCHL guruh bosqichiga chiqishga juda yaqin kelgandi. Ammo, biz ham munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Murabbiy tanaffusda barchasi o'z qo'limizda ekanligini takidladi. O'yinni nazorat qilgan holda vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerakligini tushuntirdi. Biz futbolchilar yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantirganimizda balki, bari boshqacha kechishi mumkin edi. Nima ham derdim? Hayot davom etadi. To'xtab qolmaymiz. Bu mag'lubiyat bizni yanada kuchli qiladi. Qalban qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizni oldinda boshlanajak chempionat bahslarida g'alabalar bilan xursand qilamiz deb o'ylayman",- deydi yarim himoyachi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика