So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Tojikiston shu oyda uchta o'yin o'tkazadi. Toshev tarkibni elon qildi Yangiliklar

Tojikiston shu oyda uchta o'yin o'tkazadi. Toshev tarkibni elon qildi

14 va 19 noyabr kunlari JCH-2022 saralash bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Tojikiston terma jamoasini bu oyda 3ta o'yin kutib turibdi. Yon qo'shnilarimiz 9 noyabr kuni Malayziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. SHundan so'ng jamoa JCH saralash bosqichi doirasida safarda Myanma (14 noyabr) va Qirg'iziston (19 noyabr) bilan o'ynaydi. 

Mazkur bahslar uchun terma jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshev 23 futbolchidan iborat ro'yxatni elon qildi. Ro'yxatdagilarning etti nafari legioner. Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng "Nefteximik" azosi Farhod Vosiev va "Buxoro" futbolchisi Fatxullo Fatxulloev ham terma jamoaga jalb etildi. 

Bugun Tojikiston terma jamoasi Dubay orqali Kuala Lumpurga yo'l oldi. Jamoa Malayziya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazib bo'lgach, Myanmaga parvoz qiladi.


Terma jamoa tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan: 

Darvozabonlar: Rustam Yatimov ("Istiqlol"), SHohrux Kirgizboev ("Lokomotiv-Pomir"), Fatxullo Boboev ("Regar-TadAZ"). 

Himoyachilar: Xurshed Beknazarov ("PS TIRA", Indoneziya), Farhod Vosiev ("Nefteximik", Rossiya), Axtam Nazarov, Iskandar Jalilov, Tabrezi Davlatmir (barchasi – "Istiqlol"), Davronjon Ergashev, Manuchexr Safarov (har ikkalasi – "Xo'jand"). 

Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev ("Lokomotiv", Bolgariya), Nuriddin Davronov ("Oman", Ummon), Amirbek Jo'raboev ("Navbahor", O'zbekiston), Fatxullo Fatxulloev ("Buxoro", O'zbekiston), Alisher Jalilov, Ehsoni Panjshanbe, Muxammadjon Rahimov, Komron Tursunov (barchasi – "Istiqlol"), Karomatullo Saidov ("Ko'ktosh"). 

Hujumchilar: Jahongir Ergashev ("Saif Sporting Klub", Bangladesh), SHeriddin Boboev, SHahrom Samiev (har ikkisi – "Istiqlol"), Manuchehr Jalilov (klubsiz).

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика